Saylangan deputatlar ro‘yxati e’lon qilindi

© Sputnik / Maksim BlinovVibori v parlament Uzbekistana
Vibori v parlament Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 125 ta saylov okruglaridan saylangan deputatlar ro‘yxatini e’lon qilindi.

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 125 ta saylov okruglaridan saylangan deputatlar ro‘yxatini e’lon qildi.        

Itogi viborov v parlament Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston
MSK: 25 ta okrugda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi

Parlament saylovi o‘tkazilgan 150 ta saylov okrugidan 125 tasidan deputatlar saylangan.

Jumladan, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi – 42 nafar; “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 34 nafar; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 20 nafar; Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar; Ekologik partiya – 11 nafar.

Saylangan deputatlarning yosh tarkibi bo‘yicha 30 yoshgacha 9 nafar (7%), 30-50 yoshgacha – 80 nafar (64%), 50 yoshdan yuqori 36 nafar (27 %). Xotin-qizlar 34 nafar (27%).

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 5-yanvar - yakshanba kuni o‘tkazishga qaror qildi.

Yangiliklar lentasi
0