Jamiyat

"Snos": Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin

Qonun loyihasida mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning masʼuliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan bir qator normalar koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. “Mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Tablichka o zaprete kureniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jamoat joylarida chekuvchilardan qancha jarima undirilgani maʼlum boʻldi

Qonun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasida mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning masʼuliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan bir qator normalar koʻzda tutilgan.

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi 613-modda bilan toʻldirish rejalashtirilgan. Unga koʻra yer uchastkalarini olib qoʻyish tartibini buzish
 – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilanmoqda.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning oʻrni mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplamagan holda buzib tashlanishi oqibatida koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetishiga olib kelsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻrsatib oʻtilmoqda.

Shuningdek, yer uchastkalarini olib qoʻyish tartibini buzish harakatlari maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, Jinoyat kodeksiga kiritilishi taklif etilayotgan yangi 1731-moddada buning uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi belgilab qoʻyilmoqda.

Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Tez yordam” mashinasi oʻtib ketishiga xalaqit berish uchun jarima oshiriladi

Modda sanktsiyasida bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jazolar koʻrsatib oʻtilgan.

Bundan tashqari loyihada yer uchastkalarini olib qoʻyish tartibini buzish olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning oʻrni mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplamagan holda buzib tashlashga sabab boʻlgan hollarda ogʻirroq javobgarlik va jazo choralari belgilanishi koʻzda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala