"Snos": O‘zbekistonda jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Qonun loyihasida mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan bir qator normalar ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. “Mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Jamoat joylarida chekuvchilardan qancha jarima undirilgani ma’lum bo‘ldi

Qonun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasida mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan bir qator normalar ko‘zda tutilgan.

Loyihada O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yangi 613-modda bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini buzish
 – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning o‘rni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlanishi oqibatida ko‘p bo‘lmagan miqdorda zarar yetishiga olib kelsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Shuningdek, yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini buzish harakatlari ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, Jinoyat kodeksiga kiritilishi taklif etilayotgan yangi 1731-moddada buning uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi belgilab qo‘yilmoqda.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit berish uchun jarima oshiriladi

Modda sanksiyasida bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jazolar ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari loyihada yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini buzish olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning o‘rni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlashga sabab bo‘lgan hollarda og‘irroq javobgarlik va jazo choralari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0