Toshkent shahridagi YPX xodimlariga berilgan bodikameralar soni ochiqlandi

Sotrudnik DPS
Sotrudnik DPS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Xitoyning “Xaytera” kompaniyasidan jami 6193 ta bodikamera xarid qilinib, YPX va PPX xodimlariga topshirilgan.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. 2020-yil 1-yanvardan YPX xodimlari bodikameralar bilan ishlaydi. Bodikameralar haydovchi va YPX xodimi o‘rtasidagi muloqotga guvoh bo‘lib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qancha ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida joriy qilinmoqda. Bu haqda AOKA agentligida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidagi islohotlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha,  Xitoyning “Xaytera” kompaniyasidan  jami 6193 ta bodikamera xarid qilinib, YPX va PPX xodimlariga topshirilgan.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 200 dona, Toshkent shahriga 2 876 dona, Andijon viloyatiga 187 dona, Buxoro viloyatiga 212 dona, Jizzax viloyatiga 188 dona, Qashqadaryo viloyatiga 236 dona, Navoiy viloyatiga 185 dona, Namangan viloyatiga 184 dona, Samarqand viloyatiga 341 dona, Surxondaryo viloyatiga 203 dona, Sirdaryo viloyatiga 183 dona, Toshkent viloyatiga 432 dona, Farg‘ona viloyatiga 289 dona, Xorazm viloyatiga 191 dona bodikameralar berilgan. Qolgan 193 dona bodikameralar zaxiraga olingan.

V Uzbekistane vibrali postavshika bodikamer iz SShA - Sputnik O‘zbekiston
Bodikameralar haqida nimalarni bilish zarur?

YPX xodimlarining xizmat vaqtida mobil kameralar orqali haydovchilar bilan muloqotda bo‘lishlari korrupsion holatlarning oldi olinishi,  harakat xodimlari yoki YPX xodimlari tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida joriy etilgani aytildi.

Bundan tashqari mobil kameralar xodim faoliyatini real-vaqt(onlayn rejimida)  nazorat qilib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, YPX inspektorlari 1-iyuldan boshlab yoppasiga bodikameralar bilan ishlashga o‘tishi kerak edi. Lekin texnik jihatdan tayyor bo‘lmaganligi tufayli ushbu qonun kuchga kirishi 2020-yilning 1-yanvariga qoldirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0