Dunyoda

AQShda kiber urush tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi ekspert

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishRabota za kompyuterom. Klaviatura
Rabota za kompyuterom. Klaviatura - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH harbiylari 2020 yilgi prezident saylovlari oldidan kibermaydonda axborot urushi kontseptsiyasini tayyorlamoqda.

TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. AQSH  Rossiyaning 2020 yilgi saylovlariga aralashishi mumkin boʻlgan taqdirda, oʻz taktikasini ishlab chiqishi haqidagi bayonotlar orqali haqiqiy kiber urushga tayyorlanayotganini asoslaydi, deb hisoblaydi NIU VSHE Jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekanining oʻrinbosari Andrey Suzdaltsev.

Xakerskaya ataka - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xorijiy maxsus xizmatlar katta kiberhujum tayyorlamoqda – Patrushev

Oldinroq, Washinton Post gazetasi manbalarga tayanib, agar Moskva 2020 yilgi saylovlarga aralashishga urinsa, AQSH kiber qoʻmondonligi Rossiya yuqori lavozimli amaldorlari va ishbilarmonlariga qarshi axborot urushining taktikasini ishlab chiqmoqda, deya xabar berdi.

"Bu haqiqiy kiber urushni tayyorlash uchun bir bahona ...  AQSH ichki siyosiy maydonlaridagi qarama-qarshiliklarda Rossiya aralashayotgan deb xisoblanayotgani uchun ularga dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va xakerlarga qarshi jangchilar deb ataluvchi mutaxassislarni tayyorlashga asoslangan bahona zarur”, - dedi ekspert RIA Novosti agentligiga.

Uning taʼkidlashicha, AQSH Rossiya siyosiy maydonida, shu jumladan, kiber maydonida ham oʻzlarini "mutlaqo bezbetlik va ochiqchasiga harakat qilmoqda”.

Suzdaltsevning fikriga koʻra, boshqa tomondan, bu Amerika siyosiy maydonida Rossiya omilidan siyosiy kurash vositasi sifatida foydalanish uchun ideal imkoniyatdir.

Xakerskaya ataka - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika maxsus xizmatlari Rossiyaga kiberhujum uyushtirdi - OAV

"Kongressda hozir nima kuzatishimiz mumkin, impichment (jarayoni) va boshqalar. Rossiya respublikachi va demokratlar oʻrtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarda bir dastak, taʼsir qilish vositasiga aylanib bormoqda. Bu juda achinarli, chunki mamlakat bizni shunchaki kelishmovchiliklarda bir toʻqmoqqa aylantirmoqda, bu juda xavflidir" – deb taʼkidladi u.

Sentyabrda AQSH armiyasining kiber qoʻmondonligi rahbari, general Stiven Fogarti, AQSH harbiylari 2020 yilgi saylovlar oldidan kibermaydonda axborot urushi kontseptsiyasini faol ravishda tayyorlayotganini aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH raqiblariga bunday operatsiyalarni oʻtkazishini ochiqchasiga eʼlon qilishi kerak, chunki Vashington ularning harakatlariga toqat qilmasligini, balki javob berishga tayyorligini namoyish etadi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyani 2016 yildagi saylovlarga aralashganlikda aybladi, Moskva buni qatʼiyan rad etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala