O‘zbekistonda “UNG” brendi ostida neft va gaz mahsulotlari sotilmoqda

© SputnikAvtozapravochnaya stansiya v Tashkente
Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda “UNG PETRO” MCHJ tashkil etildi.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda “UNG PETRO” MCHJ tashkil etildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati ma’lumot qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevral, 143-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekistonda “UNG” brendi ostida neft va gaz mahsulotlarini sotuvchi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining boshqaruv kompaniyasi — “UNG Petro” MChJ tashkil etildi.

Hozirda yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qabul qilish va uzatish, neft mahsulotlarini yetkazib berishdagi uzilishlar ro‘y berishining oldini olish va ular faoliyatining to‘xtab qolmasligi borasidagi faol ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungacha avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali "O‘zbekneftgaz"AJning neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan AI-80, AI-91 rusumdagi benzin va dizel yoqilg‘isi sotilib kelinmoqda. Endi shu qatorida “UNG Petro” MChJ tomonidan aholiga AI-92 markali import benzinini sotish mexanizmi ham yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0