Jamiyat

Rossiya va Germaniya ekspertlari yordamida aeroportlar faoliyati takomillashtiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha pervыx passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent
Vstrecha pervыx passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent aeroportining master-rejasi va yoʻlovchi terminali uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Transport vazirligi tomonidan “Uzbekistan Airports” AJ bilan birgalikda “Airport Research Center” (Germaniya) va “Innovatsionnыy tsentr grajdanskoy aviatsii” MCHJ (Rossiya) kompaniyalarining aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish, korporativ boshqaruv, menejment va moliya sohasida yetarlicha koʻnikma va malakaga ega hamda yetakchi aviakompaniyalarda katta tajriba orttirgan ekspertlar jalb etildi.

Aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Shveytsariya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport terminalini quradi

Belgilab olingan ishlarni bajarish jarayonida xorijiy ekspertlar tomonidan Toshkent aeroporti operatsion faoliyatining ekspress-tahlili amalga oshiriladi hamda respublika aeroportlari tarmogʻini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqiladi.

Shu bilan bir qatorda, Toshkent aeroportining master-rejasi va yoʻlovchi terminali uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqiladi.

Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq xorijiy ekspertlar joriy yilning 17-19 dekabr kunlari I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti infratuzilmasi bilan tanishdilar, shuningdek, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga doir texnologik jarayon tadqiqotlarini oʻtkazdilar.

Tadqiqotlar yuzasidan olingan maʼlumotlarning tahlil natijalariga koʻra aeroportning texnologik jarayonini optimallashtirish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlarni amalda joriy etish boʻyicha xorijiy ekspertlar tomonidan tegishli tavsiyalar taqdim etiladi. 

 

Yangiliklar lentasi
0