Siyosat

Saylovda nimalar boʻldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
MSK majlisdan soʻng partiyalar va deputatlar ishtirokida oʻtkazilgan press-konferentsiyada Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Xalqaro press-klubning spikeri, yuksalish umummilliy harakati raisi Akmal Burxanovning taʼkidlashicha, saylovchilarning saylovga hujjatsiz kelishlari va saylovda ishtirok etishlari xalqaro kuzatuvchilar tomonidan qonun buzilishi sifatida baholangan. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Saylov natijalari - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Saylov natijalari: muhim oʻzgarishlar va takroriy ovoz berish

“Bu holat mentalitetimizdan kelib chiqqan holda ushbu qonun buzilishiga olib keldi. Lekin bu toʻgʻrilanadigan narsa. Oʻylaymanki, bu masalada biz targʻibotni kuchaytirishimiz kerakligi, fuqarolarga ularni saylovda kuzatuvchilar kuzatib turishi haqidagi tushunchalarni berishim kerak boʻladi”, - deb taʼkidladi Burxanov.  

Uning aytishicha, saylov jarayonlarida kameralarning qoʻllanilgani muhim ahamiyatga ega. Bu yangilini barcha hududlardagi saylov uchastkalarida qoʻllanilsa, saylov natijalarining tezroq eʼlon qilinishi va ushbu hududda tartib boʻlishiga yordam beradi.

Eldor Tulyakovning fikriga koʻra, saylov urnalari 3 ta boʻlsa, yaʼni viloyat tuman va shaharda tashkil etilsa, bunda ham natijalarni tezroq sarhisob qilishga katta imkoniyat yaratadi. Shuningdek, yana bir yangilik, saylovchilarning elektron bazasi yaratilgan. Bundan keyin elektron ovoz berish, shunga oʻxshagan yangi texnologiyalar qoʻllanilsa ham qonun buzilish holatlari kamayadi, ikkinchidan jarayonning tezlashtirilishi va tezroq eʼlon qilinishiga katta turtki boʻladi.

Bundan tashqari, MSKning partiyalar va deputatlar ishtirokida oʻtkazilgan press-konferentsiyada Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar ham ishtirok etishdi va saylov jarayonlari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

Hidoyat Ullah (pokistonlik senator)ning taʼkidlashicha, u Buxorodagi 4 ta saylov uchastkasida ishtirok etgan ammo kuzatuv jarayonlarida biron bir qonun buzilishi holatlarini payqamagan. Aksincha, saylovning shaffof tarzda oʻtganligiga guvoh boʻlgan. Aniqsa, kuzatuvchi mehmon viloyat, tuman va shahar kesimida saylovlarning oʻtkazilganligi unga maʼqul boʻlganligini taʼkidladi.

© SputnikNablyudatel iz Pakistana Xidayat Ullax
Saylovda nimalar boʻldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar - Sputnik Oʻzbekiston
Nablyudatel iz Pakistana Xidayat Ullax

Sayid Halid Amir Jafferi (Pokiston, nafaqadagi general, Markaziy Osiyo strategiyasi tadqiqot ishlari boʻyicha prezidenti) saylov jarayonida Toshkentda boʻlib, 8 ga yaqin saylov uchastkalarida ishtirok etgan.

“Saylov jarayonlarida hech qanday qonun buzilishi holatlariga duch kelmadim va saylov jarayonlari yaxshi oʻtdi deb hisoblayman. Hozir sizlarni uchta saylovga alohida saylov qutilari yuzasidan bergan taklifingizni yoqlayman. Shuni aytib oʻtishim kerakki, hech qaysi saylov jarayoni mukammal tarzda amalga oshmaydi. Pokistondagi saylov jarayonlari bir oz boshqacha boʻladi. Aynan saylovdan keyingi mana shunday tanqidiy konferentsiyalarning boʻlib oʻtishi yaxshi. Men bu holatni boshqa davlatlarda uchratmadim. Aynan boshqa bir tajribalarini oʻzlashtirib olish toʻgʻri yoʻl emas. Sizlar oʻz yoʻlingizni tanlab olganingiz juda yaxshi. Meni fikrimcha har bir davlat oʻzini saylov tizimizni oʻzi shakllantirishi kerak”, - deya fikr bildirdi xorijiy kuzatuvchi.

Irfan Shahzod Takavli (pokistonlik kuzatuvchi, mustaqil jurnalist va xavfsizlik sohasidagi ekspert)ga koʻra, u 21 dekabr kuni Fargʻonaga yetib borib, ikki kun davomida Fargʻona, Margʻilon, Qoʻqon va Rishton shaharlaridagi 17 ta saylov uchastkalarida qatnashgan. Kuzatuvchi dunyoda hech bir saylov jarayoni yutuq va kamchiliklarsiz boʻlmasligi, Oʻzbekiston oʻz yoʻlidan ketgan holda yana bir pogʻona balandga koʻtarilganligini taʼkidladi.  

© SputnikNablyudatel iz Pakistana Irfan Shaxzad
Saylovda nimalar boʻldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar - Sputnik Oʻzbekiston
Nablyudatel iz Pakistana Irfan Shaxzad

“Shu 17 ta saylov uchastkasida boʻlgan boʻlsam, biron bir saylov uchastkasida hech qanday qonun buzilish kuzatmadim. Toʻgʻri ayrim kamchiliklar boʻlgan boʻlishi mumkin, lekin buni u darajada qonun buzilishi deya baholab boʻlmaydi. Ayniqsa, jurnalist va blogerlarning qatnashishi bu saylovning shaffofligi va har bir saylov qatnashchisi yoki masʼul shaxslarini yanada masʼuliyatliroq ishlashiga olib keladi”, - dedi pokistonlik kuzatuvchi.

Mehmon saylov jarayonlarida kameralarning ishlatilishiga ham oʻzining ijobiy fikrda ekanligini bildirib oʻtdi.

Akmal Burxonov: siyosiy partiyalar yetarli darajada fuqarolarimizning ishonchiga kira olishmadi, saylov kompaniyasida ham. Bunga sabablar bor.

Vыborы v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Saylangan deputatlar roʻyxati eʼlon qilindi

Ikkinchidan, siyosiy darajasini ham koʻproq kuchini ajratishi kerakligi koʻrinib qoldi va eng asosiysi aniq dasturlarni yetkazib bera olmadi. Koʻp vaʼdalar. Koʻp vaʼda berganlar ham partiyaning vakillari boʻldi. Men oʻylaymanki, keyingi besh yillikda ularga oson boʻlmaydi. Chunki juda koʻp vaʼdalar berildi, tan olish kerak. Har bir siyosiy partiya ovoz olish uchun juda katta vaʼdalarni berdi. Kimdir oʻsha koʻproq ovoz olish uchun ikki uch yil ichida qilib boʻlmaydigan vaʼdalarni ham berdi. Endi oldimizda katta ishlar turibdi. Buning uchun siyosiy partiyalar oʻz tajribamdan kelib chiqib aytaman parlament bilan, mahalliy vakillik organidagi deputatlar bilan  partiyalar oʻrtasida muvofiqlik, hamkorlik tizimini yoʻlga qoʻyilmagan. Lekin mana shu saylov kompaniyasidan keyin siyosiy partiyalar ham deputatlar bilan aloqalarini qaytadan koʻrib chiqishlari maqsadga muvofiq boʻladi. Chunki parlament aʼzolari bilan bular tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻymasalar bu berilgan vaʼdalarning afsuski 50 foizini ham amalga oshirolmaymiz.

Bolgariyalik kuzatuvchi Georgi Stoilov (parlament aʼzosi) Toshkentda oʻtgan saylov jarayonida qatnashib shunga amin boʻldikki, saylov jarayonini elektron tarzda oʻtkazish, elektron saylash imkoniyati bor ekan. Saylov jarayonidagi natijani hisoblashda skaner amalga oshiradi, odamlar sanamaydi. Oʻzbekistondagi saylovlarda ushbu tizimga oʻtilishi mumkinmi?, degan savol berdi.

© SputnikNablyudatel ot Bolgarii Stoilov Georgi
Saylovda nimalar boʻldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar - Sputnik Oʻzbekiston
Nablyudatel ot Bolgarii Stoilov Georgi

"Bu boʻyicha fikrim, ushbu tizimga oʻtish  50 % ga 50 %, yaʼni buning salbiy tomonlari ham ijobiy tomonlari ham bor. Koʻp davlatlarda elektron ovoz berish tizimlari yoʻlga qoʻyilib, keyingi saylovlarda ishlatilmadi. Sababi ijobiy samara bermadi. Yangi elektron ovoz berishda ham manupulyatsiya qilish holatlari koʻproq imkoniyati boʻladi", - deb javob berdi Akmal Burxonov.

Eldor Tulyakov bu yilgi saylovlar oʻzgacha boʻlgani, mitinglar bilan chiqib, aholining yaxshi kayfiyatda partiya nomzodlari bilan bevosita aloqaga kirishgani, saylovlarda elektron tizimdan juda yaxshi foydalanilganiga toʻxtaldi va piar tizimini yaxshilash kerakligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala