Jamiyat

UzAuto Motors yangi avtomobillar taqdimotini oʻtkazdi – foto

© MAKSAD Chevrolet Tahoe
Chevrolet Tahoe - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Traverce va Chevrolet Tahoe avtomobillarini sotish 2019 yilning 26 dekabridan boshlanadi. Chevrolet Equinox xaridini esa 2020 yil mart-aprel oylariga rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi yangi avtomobillar taqdimotini oʻtkazdi. Taqdimot tantanali ravishda zavod hududida oʻtkazildi. "Novosti Uzbekistana" xabariga asosan.

Unda 4 ta yangi avtomobillar modeli: Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox namoyish qilindi.

Chevrolet Trailblazer

Bu model dvigateli hajmi 3,6 litr, Ot kuchi esa 275 ni tashkil etadi. Avtomobil 6 pogʻonali avtomat uzatma bilan jihozlangan. Chevrolet Trailblazer soatiga 100 km tezlik olishi uchun 9,1 soniya kifoya boʻladi. Aralash tsikl uchun yoqilgʻi sarfi 100 km masofaga 9,7 litrdan iborat.

Boshqaruvga qoʻshimcha tarzda audio tizim va kruiz nazorati bilan birga ushbu yoʻltanlamas qiyaliklardan pastga tushadigan yordamchi tizim, yomgʻir sezgich, bort kompyuteri va salonga kalitsiz kirish imkoniga ham ega.

© MAKSAD Chevrolet Trailblazer
UzAuto Motors yangi avtomobillar taqdimotini oʻtkazdi – foto - Sputnik Oʻzbekiston
Chevrolet Trailblazer

Oʻzbekistonga avtomobil 8 ta rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Traverce

Yangi Chevrolet Traverce avtomobiliga 8 nafargacha yoʻlovchi sigʻadi va biznes sinfiga oid keng yukxona bor. Ushbu avtomobil har qanday vazifaga moslasha oladi. Eng soʻnggi xavfsizlik texnologiyasi haqida gapirish ham shart boʻlmasa kerak.

318 ot kuchiga ega Chevrolet Traverce dvigateli murosasiz ishlash imkonini beradi. Avtomobil 7,8 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi mumkin.

Intellektual toʻliq boshqaruv tizimi sirpanchiq va qorli yoʻllarda avtomobil boshqaruvini kuchaytiradi. Old uzatmani tanlash qoʻshimcha yoqilgʻi tejash imkonini beradi. Oldingi yoki toʻliq uzatmaga oʻtish imkoni esa harakat vaqtida ham mavjud.

© MAKSAD Chevrolet Traverse
UzAuto Motors yangi avtomobillar taqdimotini oʻtkazdi – foto - Sputnik Oʻzbekiston
Chevrolet Traverse

Oʻzbekistonda avtomobil besh xil rangda sotuvga chiqariladi.

Chevrolet Tahoe

Chevrolet Tahoe — ushbu yoʻltanlamas afsonaviy maqomini isbotlashi shart emas. U oʻzida V8 dvigatelining mislsiz kuchi va keng interyerning birinchi darajali qulayligini ideal darajada jamlagan.

Yuqori sifatli materiallar bilan bezatilgan salon, 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan zamonaviy multimedia tizimi, yangilangan 6,2 litrli dvigatel, 426 ot kuchiga ega quvvat.

Avtomobilda 8 kishi safarga otlanishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi qatorlarning oʻrindiqlarini yigʻishtirib qoʻyganda yukxona hajmi 2680 litrga yetadi.

© MAKSAD Chevrolet Tahoe
UzAuto Motors yangi avtomobillar taqdimotini oʻtkazdi – foto - Sputnik Oʻzbekiston
Chevrolet Tahoe

Chevrolet Tahoe soatiga 100 kilometr tezlikka 6,8 soniyada chiqa oladi. Yoqilgʻi sarfi esa 100 kilometrga 9,7 litrdan iborat.

Avtomobil yurtimizda uch xil rangda sotuvga chiqariladi.

Chevrolet Equinox

Chevrolet Equinox avtomobili 9 bosqichli avtomat uzatma bilan shahardan tashqarida ham bemalol harakatlanish mumkin.

Chevrolet Equinox avtomobilida 100 kilometr masofa uchun yoqilgʻi sarfi aralash tsiklda 8,2 litrdan iborat. Soatiga 100 kilometr tezlik olishi uchun esa 7,8 soniya kifoya.

Avtomobilda kalitsiz kirish tizimi, panoramali lyuk, eshik va yukxona boʻlimining elektruzatmasi, svetodiodli old va orqa faralar mavjud.

© MAKSAD Chevrolet Equinox
UzAuto Motors yangi avtomobillar taqdimotini oʻtkazdi – foto - Sputnik Oʻzbekiston
Chevrolet Equinox

Klassik holatda yukxona hajmi 670 litrdan iborat. Orqa oʻrindiqlar yigʻilganda esa sigʻim 1627 litrgacha yetadi.

Avtomobil Oʻzbekistonda 5 xil rangda sotuvga chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0