Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya 24 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik Oʻzbekiston
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida 2019-2024 yillarga moʻljallangan umumiy qiymati 25 mlrd. dollarga teng boʻlgan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishni tomonlar nazorat qilmoqda.

TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya 2019-2024 yillarga moʻljallangan 24 milliard dollarlik qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida 2019-2024-yillarga moʻljallangan umumiy qiymati 25 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishni tomonlar nazorat qilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanganidek, strategik sherikchilikni mustahkamlashda oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Uning hajmi soʻnggi ikki yilda 1,5 barobarga oshdi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida tovar aylanmasi 5,8 mlrd. dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mazkur davriga nisbatan 14,1%ga oshdi. Yil boshidan buyon 130 ta iqtisodiy delegatsiyalarning oʻzaro tashriflari tashkillashtirildi.

“Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston viloyatlari Rossiyaning 70 ta subektlari bilan samarali munosabatlar oʻrnatdi”, - deyiladi xabarda.

Furы na tamojennom postu  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Yashil yoʻlak, yoxud Rossiyaga Oʻzbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday koʻpaytirish mumkin

25 dekabr kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov boshchilik qildi. Rossiya Federatsiyasidan tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Andrey Rudenko boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Uchrashuvda 2017 yil aprel oyidagi Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga va 2018 yil oktyabr oyidagi Vladimir Putinning Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlarni bajarish jarayoni koʻrib chiqildi.

Maslahatlashuvlarda 2020 yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, Hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiya va Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning yigʻilishlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala