Jamiyat

Oʻzbekistonda 11 mingga yaqin bolajonlarga prezident sovgʻasi topshiriladi

© Press-slujba MNO RUzV Uzbekistane okolo 11 tыs. detey poluchat prezidentskiye podarki
V Uzbekistane okolo 11 tыs. detey poluchat prezidentskiye podarki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qayd etilishicha, bu yil maxsus sovgʻalar qopchigʻi bilan 6 nomdagi oʻquv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq oʻyinchoq va shaxmatlar joy olgan.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan bu yil 11 mingga yaqin bolajonlarga prezident sovgʻasini taqdim etish rejalashtirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Sovgʻalar har galgidek 29 dekabr kuni oʻtkaziladigan “Prezident archasi” tadbirida bolajonlarga joylardagi mahalliy hokimliklar va Respublikadan biriktirilgan vakillar ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

Bokseram vruchili Podarok prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Bokschilarga prezident sovgʻalari topshirildi

Qayd etilishicha, bu yil maxsus sovgʻalar qopchigʻi bilan 6 nomdagi oʻquv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq oʻyinchoq va shaxmatlar joy olgan.

26 dekabr kuni esa avtotransport orqali Toshkent shahriga 2334 dona, Toshkent viloyatiga 1260 dona, Sirdaryo viloyatiga 274 dona, Jizzax viloyatiga 346 dona, jami 4214 dona “Prezident sovgʻa”si topshiriladi. 

Bundan tashqari, 25-28 dekabr kunlari 6428 ta prezident sovgʻasi “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali Qoraqalpogʻiston va qolgan toʻqqizta viloyatga yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0