Siyosat

Safoyev: “Yangi saylovlar Oʻzbekistonni mutlaqo boshqa mamlakatligini koʻrsatdi”

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSadыk Safayev
Sadыk Safayev   - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari yangi saylovlar Oʻzbekistonning imidjini yaxshilashga xizmat qildi, deya hisoblaydi.

TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. “Yangi saylovlar Oʻzbekistonda yetmish foizga yangilangan parlamentni vujudga keltirdi”, deydi Sodiq Safoyev, Xalqaro press klubda saylov xulosalariga bagʻishlab oʻtkazilgan bugungi navbatdagi sessiyada.

Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston TIV rahbari OBSE tavsiyalariga munosabat bildirdi

"Oʻylaymanki, butun xalqimizni 22 dekabrda oʻtkazilgan muhim tadbir bilan tabriklasam boʻladi. Muhim siyosiy jihati shu saylovlar oʻtgani va bizdagi chuqur islohotlarning boʻlayotgani, ularning ortga qaytmasligidir. Biz bu gal xalqimizni toʻliq oʻz siyosiy irodasini ifoda etganini guvohi boʻldik," – deydi u.

Sodiq Safoyevning xulosasiga koʻra, Xalq yangilanayotgan ichki va tashqi siyosatga oʻz bahosini berdi. Ularning saylovlarda ishtirok etib, boʻlayotgan islohotlarni qabul qilayotganini, yarim soatdan kutib nomzodlarni oʻrganib sinchiklab, oʻz qarashlarini bildirishi ularning ushbu saylovlarni tan olganliklarini bildiradi. Qolaversa, boʻlayotgan tanqidlarning oʻzi dahldorlik hissini bildiradi.
Safoyev bu jarayonni islohotlarimizning eng katta yutugʻi sifatida baholadi. Uning fikriga koʻra, mamlakatdagi muhit eng muhim oʻzgarishlardir. Bu boʻlajak saylovlarga yuqori tamoyil standartlarini yaratdi.

Biz oʻz oldimizga yangi reja qoʻydik. Bu saylovlar dunyodagi yangi qiyofasini shakllantirishga muhim qadam boʻldi va oʻzidan oʻzi oʻzbek reytinglarida yuksalishiga sabab boʻldi. Oʻzbek yangi parlamenti barpo etildi. Yetmish foizi birinchi marta saylanyapti. Mamlakatimiz siyosatini qoʻllaydigan bu odamlar mamlakatimiz rivojiga hissa qoʻshadi deb ishonch bildiramiz, deydi yana u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala