Siyosat

Sergey Lavrov: Rossiya AQShning tajovuzkor hujumlariga javob qaytaradi

Yangi yil arafasida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida kelgusi yilda tashqi siyosatdan nimalarni kutayotgani haqida gapirdi

Yangi yil arafasida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida kelgusi yilda tashqi siyosatdan nimalarni kutayotgani, xalqaro vaziyatning rivojlanishi nimaga bogʻliq boʻlishi va Moskva "Katta sakkizlik" formatiga qaytishi ehtimollari haqida gapirdi. U, shuningdek, ikki yirik yadroviy davlatning yadroviy raketa potentsialini cheklovchi oxirgi vosita boʻlib turgan Hujum qurollari sonini qisqartirish toʻgʻrisidagi Shartnoma(SNV)ni uzaytirishning yakuniy muddatlari mavjud-mavjud emasligi, "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishi qurilishi borasidagi qarashlari va AQShning ushbu loyihaga qarshi sanktsiyalari haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Rossiya kelgusi yilda "Katta sakkizlik"ga qaytishi mumkinmi? Ushbu masala Donald Tramp bilan yaqinda boʻlib oʻtgan uchrashuvingizda muhokama qilinganmi? U prezident Putinga AQShda boʻlib oʻtadigan sammitga taklifnoma berganmidi? Kelgusi yil tashqi siyosatdan, shu jumladan, AQSH yoʻnalishida, nimalarni kutmoqdasiz?

- Keling, atamalarni toʻgʻri ishlataylik. "Sakkizlik guruhi"dan Rossiya chiqqan emas. Eslatib oʻtaman, 2014 yil boshida Ukrainadagi davlat toʻntarishidan soʻng guruhning qolgan yetti aʼzosi Rossiya raisligidagi tadbirlarda qatnashishdan bosh tortishdi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu formatni aynan "yettilik" tark etgan edi. Prezident Putin taʼkidlaganidek, "agar sheriklarimiz biznikiga kelishni istasalar, biz xursand boʻlamiz". Ularni Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi yoki, masalan, Yaltada qabul qilishimiz mumkinligini qoʻshimcha qilmoqchiman.

Vizit ministra glavы MID RF S. Lavrova v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lavrov AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalariga javob qaytarishga vaʼda berdi

Umuman olganda, Rossiyada ushbu formatni qayta tiklash uchun na qiziqish, va na xohish bor. Bu masala AQShga tashrifim davomida muhokama qilinmadi va hozirda Rossiya-Amerika kun tartibidan oʻrin olgan emas. Hali sovuq urush davrida barpo etilgan "yettilik guruhi" endilikda zamonaviy voqelikka javob bermayapti - eng avvalo, yangi dunyo markazlari uning faoliyatida ishtirok etmayotgani uchun. Ularning hissasisiz, hozirgi zamonning koʻplab chaqiriq va tahdidlariga qarshi samarali kurashish mumkin emas.

Bugungi kunda nafaqat global iqtisodiyot, balki siyosatdagi koʻplab muhim masalalarning muhokamasi aynan G20 doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bejiz emas. G20dan tashqari, Rossiya yangi turdagi birlashmalarning ishlarida ham faol ishtirok etmoqda, masalan, BRIKS va SHHT, bunda qarorlar majburiy yuklanmaydi, aksincha, muvozanatli kelishuv asosida qabul qilinadi. Ushbu koʻp tomonlama tuzilmalar allaqachon dunyo tartibining shakllanayotgan yanada adolatli va demokratik koʻp qirrali arxitekturasining muhim ustunlariga aylandi.

Kelgusi yilga prognoz qilish oson emas. Koʻp narsa gʻarblik sheriklar, birinchi navbatda Vashingtonning shantajning nopok usullari, bosim, bir tomonlama sanktsiyalar usullaridan voz kechishga, xalqaro huquq normalariga rioya qilishni boshlashga va umuman bizning zamonamizning koʻplab tugunlarini samarali ravishda yechib berish uchun oʻzaro hurmatli muloqot yoʻlidan borishiga bogʻliq. Rossiya ham oʻz navbatida dunyo ishlarida birlashtiruvchi tamoyillarni mustahkamlashga, global va mintaqaviy xavfsizlikni barcha jihatlarida saqlashga, Suriya yoki qoʻshni Ukrainadagi boʻlsin, koʻplab inqiroz va mojarolarni barqaror siyosiy va diplomatik yechishda oʻz hissasini qoʻshishda davom etadi. Shu maqsadda biz BMT va G20 kabi global boshqaruv tuzilmalaridagi aʼzoligimiz imkoniyatlaridan, shuningdek, BRIKS va SHHTga raisligimiz imkoniyatlaridan foydalanamiz.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppы dvadtsati - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
G20 sammiti boshlanishidan oldin Tramp va Putin qisqacha suhbatlashdi

Biz Rossiya-Amerika muloqoti istiqbollariga, ayniqsa AQShdagi jiddiy ichki siyosiy vaziyat va boʻlajak prezident saylovlari fonida real yondoshyapmiz. Vashingtonning ohirgi paytlardagi nodoʻstona munosabatlari buning yaqqol dalilidir. Oʻz navbatida, biz oʻz xavfsizligimizni, Rossiya fuqarolari va biznes manfaatlarini taʼminlash va tajovuzkor hujumlarga munosib javob berish uchun barcha zarur choralarni koʻrishda davom etamiz. SH oʻrinda, biz oʻzimiz toʻqnashuvga intilmayapmiz. Biz mamlakatlarimiz va butun dunyo uchun muhim muammolarni birgalikda hal qilishga tayyormiz.

Turli sohalarda hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha bizning takliflarimiz oʻz kuchini yoʻqotmagan. Ularning aksariyati yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin - masalan, prezidentlar kelishganidek, Biznes boʻyicha maslahat va Ekspertlar kengashlari faoliyatini yuritish. Boshqa takliflarimiz qatorida mamlakatlarning bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik kafolati xatlari bilan almashish, AQShni ancha havotirga solyatgan kiberxavfsizlik masalasi boʻyicha muloqotni boshlanishi, yadroviy urushga yoʻl qoʻyib boʻlmaslik toʻgʻrisida qoʻshma bayonot, SNV-2 shartnomasini uzaytirish, RSMD vositalarini joylashtirishga moratoriy va boshqa strategik barqarorlikni kuchaytirish yoʻlidagi takliflar. Albatta, biz Vashingtonning kayfiyatini faqat xatti-harakatlar bilan baholaymiz.

- SNV-3ni uzaytirishning yakuniy muddatlari bormi? Agar uni uzaytirish imkoni boʻlmasa, Rossiya qoʻshimcha strategik qurollarni ishlab chiqish va joylashtirishni darhol boshlaydimi yoki RSMD shartnomasi qulaganidan keyin kiritilgan moratoriyga oʻxshaydigani koʻrib chiqilyaptimi?

- SNV shartnomasi istiqbollariga Rossiyaning munosabati Rossiya Prezidenti tomonidan aniq bayon etildi. Biz uning muddatlarini hech qanday shartlarsiz uzaytirilishi tarafdorimiz. Muddatlarga kelsak, Vladimir Putin, Rossiya kelishuvni "imkon qadar tezroq, shu yil oxirigacha" uzaytirishga tayyorligini aytdi.

Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы Sarmat - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya AQShga “Sarmat” raketa tizimini koʻrsatishga tayyor - Lavrov

Uzaytirish uchun hech qanday yakuniy muddat oʻrnatilmagan, ammo uzaytirish jarayonini 2021 yil 5 fevralda shartnoma muddati tugashidan oldin bajarish kerak. Bu nafaqat amerikaliklar bilan kelishuvga erishishni, balki Federal Majlisda maʼlum protseduralarni amalga oshirishni ham oʻz ichiga oladi, chunki bu, SNV shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida 2011 yil 28 yanvardagi 1-sonli Federal qonuniga oʻzgartirish kiritish masalasini ham nazarda tutadi. Shunday qilib, koʻp ham vaqt qolmadi.

Rossiya ikki eng yirik yadroviy davlatning yadroviy raketa potentsialini oʻzaro cheklash va ushbu sohada bashorat qilinadigan va tekshirilishi mumkin boʻlgan soʻnggi xalqaro huquqiy hujjat boʻlib qoladigan shartnoma rejimini saqlashni oʻrinli deb biladi. Bundan tashqari, muddatlarni uzaytirilishi, yangi qurol va harbiy texnologiyalar ustidan nazoratning mumkin boʻlgan shakllari va usullariga boʻlgan yondashuvlarni koʻrib chiqish uchun vaqtdan yutish imkonini bergan boʻlar edi.

AQSH SNV shartnomasini uzaytirish boʻyicha oʻz pozitsiyasini hali aniqlashtirgani yoʻq. Shunga qaramay, boshqa har qanday stsenariy haqida gapirish vaqti hali kelmadi, deb oʻylayman.

- Yil oxiri "Shimoliy oqim-2" loyihasi muxoliflarining navbatdagi faollashuvi bilan nishonlandi. Uni toʻxtatilishi xavfi bormi? Gʻarb sheriklarining beqaror pozitsiyasi sababli, Rossiya oʻz diversifikatsiyasini - uglevodorod eksportini tubdan boshqa yoʻnalishlarga qaratish payti keldi deb oʻylamaysizmi? Xitoy Yevropa oʻrniga eng istiqbolli alternativa deb koʻrib chiqilmayaptimi?

- "NordStream-2" gaz quvuri qurilishi yakunlanmoqda, shuning uchun uning raqiblari loyihani toʻxtatishga qaratilgan harakatlarni kuchaytirmoqdalar. AQShning 2020 yilda mudofaa xarajatlari toʻgʻrisidagi qonuniga sanktsiyalarning kiritilishi - Yevropaning biznes ishlariga aralashishga takabburona harakati. Baʼzi AQSH senatorlari qurilishda ishtirok etayotgan kompaniyalar rahbariyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdidlar bilan murojaat qilishdi. Albatta, bu "NordStream-2" kuchaytiradigan Yevropaning energiya xavfsizligi xaqida kuyinishlar emas, balki Amerika SPG-sining Yevropa bozoriga olib kirilishi. Bu adolatsiz raqobat va energetika sohasini siyosiylashtirilishining yorqin namunasidir.

Biz davom etayotgan bosimga qaramay, "NordStream-2" gaz quvuri qurib bitkazilishiga ishonchimiz komil. Yevropa qoʻshimcha eksport yoʻlini yaratishning afzalliklaridan xabardor, ammo, afsuski, okean orti kuratorlari uchun oʻzlarining energiya xavfsizligi va fuqarolarining farovonligiga zarar yetkazgan holda ishlashga tayyor davlatlar ham mavjud.

Yevropa gaz bozori biz uchun asosiy bozor boʻlib qolmoqda - yillik eksport hajmi qariyb 200 milliard kubometrni tashkil etadi. Shu bilan birga, biz uglevodorod resurslariga talab oʻsishda davom etayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan energetika sohasidagi hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqdamiz. Dekabr oyi boshida Xitoyning kelgusida yiliga 38 milliard kubometrgacha tabiiy gaz bilan taʼminlaydigan Power of Siberia gaz quvuri ishga tushirildi. Xorijiy sheriklar bilan birgalikda Arktika resurs bazasi, shu jumladan “Yamal SPG” va “Arktik SPG 2” loyihalari doirasida rivojlanmoqda. Rossiya energiya tashuvchilarini Osiyo-Tinch okeani mamlakatlariga eksportini taʼminlash uchun biz Shimoliy dengiz yoʻlining transport logistikasini rivojlantirmoqdamiz.

Rossiya uglevodorod yetkazib berishning eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala