Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga ta’ziya bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Olma-ota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevga ta’ziya bildirdi.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olma-ota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Kasim-Jomart Tokayevga ta’ziya maktubi yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Krushenie passajirskogo samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 28-dekabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Davlat  rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Bugun, 27-dekabr Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Olma-ota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchragan.

Fokker-100 samolyoti Z2100 reysi bo‘yicha Olmaotadan Nur-Sultonga uchayotgan edi. Samolyot bortida 95 yo‘lovchi va ekipajning besh nafar a’zosi bo‘lgan.

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetganligi haqida ma’lumot bermoqda.

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev 2019-yil 28-dekabr kuni aviahalokat qurbonlarining xotirasi uchun milliy motam kuni deb, e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0