Putinning diplomat haqidagi gapidan so‘ng Polsha TIV Rossiya elchisini chaqirtirdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve
Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin, seshanba kuni Mudofaa vazirligini kengaytirilgan xay’at yig‘ilishida chiqish qila turib, Polshaning natsist Germaniyasidagi elchisi Yuzef Lipskiyni "razil kimsa va ksenofob to‘ng‘iz", deya atagan edi.

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Rossiyaning Varshavadagi elchisi Sergey Andreyev RIA Novostiga prezident Vladimir Putinning natsist Germaniyasidagi polsha dipmissiyasi rahbari haqidagi keskin gaplaridan so‘ng uni Polsha TIViga chaqirtirishgani haqida ma’lum qildi.

Boyatsya vashey pravdi - Putin ob ugrozax vlastey Estonii v adres sotrudnikov Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi

"Meni Polsha TIViga taklif qilishdi. Men sharqiy departament rahbari bilan suhbatlashdim", - dedi Andreyev.

U shuningdek, muloqot "qattiq lekin aniq" bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. "U polsha tomoni pozitsiyasini bayon etdi, men - rossiya tomoni pozitsiyasini", - deya tushuntirdi diplomat.

"Gap Rossiya prezidenti Vladimir Putinning MDH sammiti boshidagi chiqishi, so‘ngra Mudofaa vazirligi xay’atidagi nutqi haqida bordi. Biz hech kimga bizga notatsiya o‘qishlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Bizning, shu jumladan tarixiy siyosat borasida ham aytadigan gaplarimiz bor", - deb qo‘shimcha qildi u.

Putin, seshanba kuni Mudofaa vazirligini kengaytirilgan xay’at yig‘ilishida chiqish qila turib, Adolf Gitlerni va uning polsha yahudiylarini Afrikaga "o‘ldirish va yo‘q qilish uchun" chiqarib yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun Polshaning natsist Germaniyasidagi elchisi Yuzef Lipskiyni "razil kimsa va ksenofob to‘ng‘iz", deya atagan edi.

Prezident Polsha TIV rahbariga yuborilgan Polsha elchisi bayonotidan ayrim parchalarni o‘qib eshittirdi: "Men buni eshitganimda,.. unga javob berdim", - u Gitlerga shunday javob bergan - "agar u bu ishni amalga oshirsa, biz unga Varshavada ajoyib haykal qo‘yamiz". Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin keyinchalik Polsha bu kabi gaplar uchun kechirim so‘rashi lozimligi haqida bayonot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0