Siyosat

Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi - TIV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Oʻzbekistonga tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot berdi

TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. 2020-yilning 12-13-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Lavrov: Rossiya otvetit na amerikanskiye sanktsii protiv Severnogo potoka – 2  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sergey Lavrov: Rossiya AQShning tajovuzkor hujumlariga javob qaytaradi

"Rossiya TIV rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda", - deyilgan xabarda.

Tashrif dasturida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universitet) Toshkent shahridagi filialiga borish koʻzda tutilgan.

Boʻlajak muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2020-2021-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturini imzolash ham rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala