O‘zbekistonliklarni 340 ming $ ga chuv tushirgan firibgarlar ishi sudga oshiriladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBanknoti nominalom 1 dollar SShA
Banknoti nominalom 1 dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular o‘zlarini O‘zbekistonga 2 mln dan 10 mln dollargacha sarmoya kiritish imkoniyatlari borligini aytib, sodda insonlarni ishontirishgan.

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Kamerun respublikasidan O‘zbekistonga kelib fuqarolarni katta miqdordagi mablag‘ga chuv tushirgan besh nafar firibgarlarning ishi yaqin orada sudga oshiriladi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Mujchina s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Nukuslik o‘qituvchi firibgarning Nigeriyadagi hisobiga 165 mln o‘tkazdi

Qayd etilishicha, Kamerunning ayni damda O‘zbekistonda bo‘lgan 5 nafar fuqarolari jinoiy harakatlari yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Gap shundaki, ushbu shaxslar internet tarmog‘i orqali o‘zbekistonlik fuqarolarning ishonchiga kirib, avvaliga ularning moddiy ahvoli haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishgan. So‘ng o‘zlarini O‘zbekistonga 2 mln dan 10 mln dollargacha sarmoya kiritish imkoniyatlari borligini aytib, sodda insonlarni ishontirishgan. Bu masalada gaplashib olish uchun O‘zbekistonga sayyoh sifatida kelib, fuqarolarni 340.000 $ dollarga chuv tushirishgan. Shuningdek, tergov jarayonlarida ularning qalbaki pul yasash bilan shug‘ullanganliklari aniqlangan.

"Agar siz suratlarda ko‘rsatilgan shaxslarning jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki "102" telefoni hamda IIV tergov departamentining (+99871) 231-30-97, (+99871) 231-36-22 va (+99871) 233-65-34 telefonlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz", deyiladi departament xabarida.

Yangiliklar lentasi
0