Dunyoda

Donbassda DXR va Kiyev oʻrtasida asirlarni almashish yakunlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishObmen voyennoplennыmi mejdu DNR, LNR i Ukrainoy v Donetskoy oblasti
Obmen voyennoplennыmi mejdu DNR, LNR i Ukrainoy v Donetskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Asirlarni almashtirish jarayonini Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasi va YEXHT vakillari kuzatishgan. Bu ikki yil ichidagi birinchi asirlarni almashtirish.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Kiyev Donbassda asirlarni almashishni yakunlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

DXR 60 nafar, Kiyev esa 52 nafar asirni qabul qilib olgan. Donetskka yana bir nechta respublika tarafdorlarini olib kelish kutilmoqda. Hozir DXR va Ukraina harbiylari avtobuslarda va shahar chekkasidagi Gorlovka nazorat-oʻtkazish punkti hududini tark etishga tayyor.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Normand toʻrtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

Biroz avval Lugans xalq respublikasida ham almashish oʻz nihoyasiga yetgandi. Kiyev respublikaga 63 nafar, Lugans esa 25 nafar kishini berdi. Shu bilan birga 9 kishi LXR hududiga qaytishdan bosh tortgan.

Asirlarni almashtirish jarayonini Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasi va YEXHT vakillari kuzatishgan.
Bu ikki yil ichidagi birinchi asirlarni almashtirish. Avvalroq DXR Kiyevga 55 kishini berish va 87 nafar oʻzining tarafdorlarini olishga tayyorligini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala