Jamiyat

Oʻzbekistonning barcha hududlarida IT parklar quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Texnologicheskiy park programmnыx produktov i informatsionnыx texnologiy v Mirzo-Ulugbekskom rayone Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Texnologicheskiy park programmnыx produktov i informatsionnыx texnologiy v Mirzo-Ulugbekskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Respublikaning barcha hududlarida yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan IT parklar quriladi. Har bir viloyat hokimi IT parklarni qurishga masʼul boʻladi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan IT parklar quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan boʻlgan uchrashuvda maʼlum qildi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Texnologicheskiy park programmnыx produktov i informatsionnыx texnologiy v Mirzo-Ulugbekskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev texnoparkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qoʻydi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

“Agar biz yoshlarning yangi startap loyihalarini jamiyat hayotiga tatbiq qila olsak, rivojlanish boʻladi. Bu dasturlarni amalga oshirsak, xatolarimiz kamroq boʻladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Taʼkidlanishicha, har bir viloyat hokimi IT parklarni qurishga masʼul boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyul oyida Toshkentda Oʻzbekistondagi ilk zamonaviy IT park ishga tushgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala