Iqtisod

Dekabrdan boshlab pul-kredit statistikasi yangi kengaytirilgan shaklda eʼlon qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi talablariga binoan Oʻzbekiston pul-kredit va moliyaviy statistikasi yangi shaklda chop etib boriladi.

TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Oʻzbekiston pul-kredit statistikasi maʼlumotlari 2019 yilning dekabr oyidan boshlab kengaytirilgan shaklda eʼlon qilinadi. Bu haqida Markaziy bank xabarida aytib oʻtilgan.

Yangi maʼlumotlar Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) pul-kredit va moliyaviy statistika boʻyicha texnik koʻmak missiyasi bilan hamkorlikda XVJning yangi tahrirdagi “Pul-kredit va moliyaviy statistikasini shakllantirish boʻyicha qoʻllanmasi” talablaridan kelib chiqqan holda tarqatiladi. 

Xususan, yangi statistik maʼlumotlar tarkibida quyidagi oʻzgarishlar boʻladi:

  • tijorat banklarining Markaziy bankdagi chet el valyutasidagi vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlar pul bazasi tarkibiga kiritildi;
  • fuqarolarning aktsiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlar, ulardan mablagʻ egalarining istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati chegaralanganligi sababli, pul massasi tarkibidan chiqarildi;
  • Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga berilgan kredit mablagʻlari tijorat banklarining Hukumat oldidagi majburiyatlari sifatida qayta tasniflandi;

Shuningdek, Markaziy bank veb-sayti, XVJning kengaytirilgan Maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT) hamda boshqa statistik axborot tizimlarida joylashtirilgan pul-kredit statistikasi boʻyicha tarixiy maʼlumotlar ham yangilangan shaklda qayta joylashtirilishi maʼlum qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala