Deportatsiya qilinganlarni vataniga qaytarish uchun mablag‘ yetarli - Mehnat vazirligi

© Press slujba MVDMVD vozvrashayet nelegalnix migrantov s Kazaxstana
MVD vozvrashayet nelegalnix migrantov s Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vazirligi Rossiyadan deportatsiya qilingan mehnat migrantlarini vataniga qaytarish yuzasidan bayonot berdi.

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sankt-Peterburgdagi chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlab turish markazida ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish yuzasidan bayonot berdi. 

Avtoinspektori ostanovili mikroavtobus, v kotorom perevozili nelegalnix migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Deportatsiya xarajatlari migrantlarga yuklatilishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, 27-dekabr kuni BBC nashrida Sankt-Peterburg viloyati "Krasnoe selo" qishlo-ida joylashgan chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlab turish markazida Rossiyadan deport qilingan 800 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari borligi va ular og‘ir sharoitda saqlanayotganligi, ularni O‘zbekistonga qaytarish uchun davlat budjetida mablag‘ yo‘qligini xabar qilingan edi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur vaziyatni o‘rganib chiqib, qator faktlarning olg‘onligi aniqlandi. Birinchidan, Sankt-Peterburgdagi ushbu markaz 336 nafar shaxsga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘p odam sig‘dira olmaydi! Markaz rahbariyati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil dekabr oyida bu yerga 320 nafar fuqaro olib kelingan.

Ikkinchidan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili fuqarolarni Vatanga qaytarish uchun davlat budjetida pul yo‘qligini aytmagan va aytishi ham mumkin emas edi, chunki ushbu maqsadlarga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasidan yetarli pul ajratilgan.

Deportatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati deportatsiya haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritmoqchi

Aslida vakolatxona vakili fuqarolarni qaytarish (deportatsiya qilish) jarayoni bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish ma’lum vaqt talab etishi, hujjatlar tayyor bo‘lgandan so‘ng ularga yo‘l chiptalari olib berilishi, ular O‘zbekistonga qaytishi bilan moddiy yordam puli olishini tushuntirgan.

Uchinchidan, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga asosan deportatsiya qilish bilan bog‘liq barcha zarur hujjatlar, jumladan sud qarori tayer bo‘lmaguncha fuqarolarni Rossiya hududidan olib chiqib ketish mumkin emas. Shu kecha-kunduzda hujjati tayyor bo‘lgan 12 nafar fuqaro aynan Sankt-Peterburg markazidan O‘zbekistonga olib kelindi. 2019-yilning 30-dekabrida yana bir guruh fuqarolarimizning O‘zbekistonga olib kelinishi kutilyapti.

Qayd etish lozimki, 2019-yilning o‘tgan davrida Rossiya Federatsiyasidan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Vatanga qaytarilgan.

Yangiliklar lentasi
0