Dunyoda

Eron TIV AQShning Iroqdagi zarbasini terrorizm deb atadi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishBashnya Azadi, postroyennaya na odnoimennoy ploщadi v Tegerane
Bashnya Azadi, postroyennaya na odnoimennoy ploщadi v Tegerane - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Pentagon AQSH Iroq va Suriyadagi “Kataib Hizbulloh” harakatining beshta obʼyektlariga zarba berganinini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Tehron AQShning Suriya va Iroqdagi zarbalarini terrorizm akti deb hisoblaydi va AQShdan mintaqadan ketishni talab qiladi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Abbos Musavi maʼlum qildi.

“AQShning Iroq va Iroq kuchlariga nisbatan harbiy agressiyasi AQSH terrorizmining toʻgʻridan-toʻgʻri dalilidir, (Tehron – tahr.) uni qoralaydi”, - deya Musavi soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

 Ministr inostrannыx del Islamskoy Respubliki Iran Moxammad Djavad Zarif - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH mintaqani “ID”dan qutqarishga kelmaydi – Eron TIV rahbari

U AQShdan Iroqning ichki ishlariga aralashishni bas qilishni talab qilgan. Shuningdek, xorijiy qoʻshinlarning mintaqada boʻlib turishi faqat ziddiyatning oshishiga olib kelishini qayd etgan.

Eron TIV rasmiy vakili AQSH zarba oqibatlarini uchun javobgarligini taʼkidlagan va AQShning mintaqada terrorizm qarshi kurashish uchun boʻlib turgani toʻgʻrisidagi bayonot yolgʻon ekanini qoʻshimcha qilgan.

“Bu hujumlar AQSH “Islom davlati*”ga qarshi kurashish haqida gapirayotib, yolgʻon soʻzlashini yana bir bor isbotladi, zeroki AQSH oʻtgan yillar ID* terrorchilariga jiddiy zarba bergan kuchlarni oʻqqa tutdi”, - dedi Musavi.

Avvalroq Pentagon AQSH Iroq va Suriyadagi “Kataib Hizbulloh” harakatining beshta obʼyektlariga zarba berganinini maʼlum qilgan edi. Ular buni Iroq bazalariga qayta-qayta takrorlanayotgan hujumlarga javoban deb aytishgan. AQSH Eronni “Hizbulloh”ni moliyalashtirishda ayblaydi.

*”Islom davlati” (ISHID, ID) - Rossiya taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala