Hodisalar

TIV Aqtobedagi YTHda oʻzbekistonliklar vafot etganini rad etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq OAVda Aqtobe-Martuk-Orenburg avtomobil trassasidagi yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekiston fuqarolari vafot etgani va jarohatlangani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi (Qozogʻiston) bosh konsulxonasi yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekiston fuqarolari vafot etgani va jarohatlangani xabarni rad etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

MVD vozvraщayet nelegalnыx migrantov s Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Deportatsiya qilinganlarni vataniga qaytarish uchun mablagʻ yetarli - Mehnat vazirligi

Avvalroq OAVda 2019 yil 29 dekabr kuni Aqtobe-Martuk-Orenburg avtomobil trassasining 31-kilometrida sodir boʻlgan YTH oqibatida mamlakat fuqarolari vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh konsulxonaga Qozogʻistonning rasmiy organlari tasdiqlashicha, jarohatlanganlar va vafot etganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozogʻistonning Aqtobe, Atirau, Mangʻistau va Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala