Narbayeva majburiy mehnat va tungi navbatchilik masalalari haqida to‘xtaldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senat raisi Tanzila Narbayeva davlat dasturlari doirasida mehnatga jalb etish masalalariga ham o‘z munosabatini bildirdi.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. 30-dekabr kuni Senatda bo‘lib o‘tgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya raisi Tanzila Narbayeva majburiy mehnat va tungi navbatchilik masalalariga to‘xtaldi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Narbayevaning ta’kidlashicha, majburiy mehnatning Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab berilgan 11ta sifati bor. U konvensiyaga kiritilgan. Senat raisi shuningdek, komissiya a’zolariga tungi navbatchilikka oid yagona munosabatni shakllantirish va agar davlatga ixtiyoriylik asosida qo‘shimcha ishlarni belgilash zarur bo‘lsa, bu haqidagi normalarni yangi tahrirda ishlab chiqilayotgan Mehnat kodeksida inobatga olish lozimligi haqida fikr bildirdi.

Muhokamada ishtirok etgan Komissiya a’zolarining fikricha, bunday navbatchiliklar zaruratga qarab belgilanishi lozim. Bundan tashqari, xodimning roziligi bo‘lishi hamda bunday navbatchilik u yoki bu korxonaning ma’muriyati bilan tuziladigan jamoa shartnomasida nazarda tutilishi va unga haq to‘lash kamida ikki barobar ortiq miqdorda belgilanishi lozim.

"Masalan,  hashar, fuqarolarning yashash hududini tozalash  ishlari majburiy mehnatga kirmaydi. Kimdir chiqmasligi mumkin, uni hech kim bunga zo‘rlamaydi", – dedi Narbayeva.

Senat raisi davlat dasturlari doirasida mehnatga jalb etish masalalariga ham o‘z munosabatini bildirdi.

“Obod qishloq”, “Obod mahalla”  haqida gapirganimizda shuni ta’kidlash joizki, bu dasturlarni bajarish uchun mas’ul tashkilotlar va boshqa ijrochilar belgilangan. Masalan, o‘qituvchi dars berayotgan bo‘lsa, uning xohishiga karshi, asosiy  ishidan tashqari boshqa ishga jalb etishsa, bu – majburiy mehnatga kiradi", deb takidladi u.

Yangiliklar lentasi
0