O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsuli tayinlandi

© SputnikKak golosovali uzbekistansi v Sankt-Peterburge na parlamentskix viborax
Kak golosovali uzbekistansi v Sankt-Peterburge na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Babayev O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsuli etib tayinlandi. Bosh konsulxona o‘z ish faoliyatini 2018-yil mart oyida boshlagandi.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Alisher Babayev O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsuli etib tayinlandi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Kak golosovali uzbekstansi v Sankt-Peterburge na parlamentskix viborax - video - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar saylovda ilk bor ovoz berdi

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil mart oyida Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi o‘z ish faoliyatini boshlagan. Konsulxonaning asosiy vazifasi Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida yashayotgan o‘zbekistonliklarga yordam berishdan iborat.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4-A uyda joylashgan. Eng yaqin metro stansiyasi — "Texnologicheskiy institut".  

Yangiliklar lentasi
0