Toshkent va Vashington Pompeoning O‘zbekistonga tashrifini boshqa sanaga qoldirdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy sekretar SShA Mayk Pompeo
Gosudarstvenniy sekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mayk Pompeoning tashrifi aniq sanasi diplomatik kanallar orqali kelishiladi. To‘liq bizning materialimizda o‘qing.

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekistonga tashrifi sanasi boshqa sanaga qoldirilganini ma’lum qildi.

"O‘zaro kelishuvga binoan, 2020-yil 5-6-yanvar kunlariga rejalashtirilgan AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va Toshkent shahridagu "Markaziy Osiyo - AQSh" ("C5 + 1") formatidagi vazirlar uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi", - deyiladi xabarda.

Aniq sanalar diplomatik kanallar orqali kelishiladi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi nazarda tutilgan bo‘lib, 6 yanvar kuni AQSh Davlat kotibi “Markaziy Osiyo – AQSh” shaklidagi vazirlar uchrashuvida (“C5+1”) ham ishtirok etadi. Tomonlar mintaqaviy hamkorlikka oid masalalarni, xususan, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, chegara xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, Markaziy Osiyoning savdo va transport tizimlariga Afg‘onistonni integratsiya qilishni muhokama qilmoqchi edi.

Yangiliklar lentasi
0