O‘zbekistonda 1-yanvar kuni qancha chaqaloq tug‘ildi?

© AFP 2023 / PATRICK LINNovorojdenniy rebenok
Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yilning birinchi kuni O‘zbekistonda tug‘ilgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz boladir.

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. 2020 yilning 1-yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1111 nafar chaqaloq tug‘ildi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Ilon Mask deb ism qo‘yildi

Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (141 nafar) dunyoga keldi.

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati ( 137 nafar) va Qashqadaryo viloyati (134 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan. Tug‘ilganlarning 4 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar kuni soat 1900 gacha 1442 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholisi soni 2019-yil 1-oktabr holatida 33 million 724 500 kishini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0