BMT yangi jinsi olishdan tiyilishga chaqirmoqda

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Fotobankka oʻtishFabrika po proizvodstvu djinsovoy odejdы "Gloriya-Djins"
Fabrika po proizvodstvu djinsovoy odejdы Gloriya-Djins - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kiyib zerikkan liboslaringizni sekond-xendlarga topshirganingiz yoki boshqalarga berganingiz maʼqul, deya maslahat beradi YUNEP.

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. BMTning atrof-muhit boʻyicha dasturi (YUNEP) yangi jinsi sotib olishdan tiyilishni soʻramoqda.

Greta Tunberg - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Greta Tunberg" loyihasini kim ishga tushirgan?

Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, bir juft jinsi ishlab-chiqarish uchun toʻrt ming litrga yaqin suv kerak boʻladi. Ekologiyaga yetkazilayotgan zararni 111 kilometr masofaga uyushtirilgan avtopoygaga taqqoslash mumkin, deya keltiriladi BMT yangiliklar xizmati saytida.

Eski buyumlar yuvilayotgan vaqtda, plastik va boshqa zararli moddalar mikroqismlari havoga tushadi. Suvni ifloslantiruvchi 20% narsalar - bu tekstil sanoati chiqindilaridir, deb qayd etiladi BMT xabarida.

"Eski kiyimlarni xuddi yangidek kiying, axir bu hozirda xuddi mitti qora koʻylak kabi urfda. Biz modalar sanoati ekologik jihatdan toza boʻlishini xohlaymiz", - deya fikr bildirgan Parij vitse-meri Antuanetta Gi.

Bugungi kunda moda industriyasida butun dunyo boʻylab 300 millionga yaqin kishi jalb qilingan. Uning yillik aylanmasi 1,3 trillion dollardan ortadi.

"Ushbu tsiklning barcha ishtirokchilari sayi-harakatlarni birlashtirib, tekstil sanoatidagi ishlab chiqarish jarayoni va daromad olishni qaytadan koʻrib chiqishlari hamda atrof-muhitga zarar yetkazuvchi usullardan voz kechishlari lozim", - deya oʻz fikrini bildirgan ekologiya faoli Lorens Mila Kanals.

BMTda qayd etilishicha, bugungi kunda kiyilgan liboslarning 87% axlatxonalardadir.

Kiyib zerikkan liboslaringizni sekond-xendlarga topshirganingiz yoki boshqalarga berganingiz maʼqul, deya maslahat beradi YUNEP. Buyumlarni ham kamroq yuvib, tolalarni koʻpini yuvib ketadigan kir yuvish kukuni oʻrniga maxsus suyuqlikni ishlatgan maʼqul. U koʻproq tolalarni yuvadi.

Yangiliklar lentasi
0