TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. "Gollandiya" 1 yanvardan boshlab Niderlandlar davlatini belgilovchi nom sifatida rasman bekor qilindi. Bu haqda NOS radiostantsiyasi xabar bermoqda.
Mahalliy hukumat, oliygohlar, xususiy kompaniyalar, shuningdek, bosma nashrlar endilikda "Niderlandlar" nomidan foydalanishlari lozim. Hukumatga koʻra, bunday choralar ushbu joyning narkotik va fohishabozlik bilan bogʻliq obrazidan xalos boʻlishiga yordam beradi.
Bundan tashqari, mahalliy hukumatga koʻra, bu qaror turistik oqimni qayta taqsimlaydi, negaki ayni vaqtda turistlarning aksariyat qismi aynan tarixiy Gollandiya - Amsterdam, Xarlem va Gaagaga keladilar - va bu shaharlar turistlar oqimini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Mamlakat nomini qayta isloh qilish qirollik byudjetiga 200 ming yevroga tushadi.
RIA Novosti xabarida taʼkidlanishicha, Amsterdam hukumati shuningdek, "Qizil chiroqlar kvartali" atamasidan ham voz kechmoqchi. Odatiy nom shahardagi koʻrsatkichlardan toʻliq olib tashlanishi, uning oʻrnini esa tumanning tarixiy nomi boʻlmish "De Vallen" yoxud "Shahar markazi" egallashi kutilmoqda.
Ilgariroq Niderlandlar ikkinchi nomdan imij uchun voz kechayotgani haqida xabar bergan edik.