Analitika

"Greta Tunberg" loyihasini kim ishga tushirgan?

© InstagramGreta Tunberg
Greta Tunberg - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
U bugun ekologiya faolidan yirik media yulduzga aylandi. Albatta, bu ishlar chetdan koʻmaksiz amalga oshgan emas. Aftidan, bu yosh xonimga yirik siyosatchi rolini tayyorlab qoʻyishgan. Lekin u odamlarga qanday taklif bera oladi?

Muallif: Sergey Ilin, Sputnik radiosi uchun

Shvetsiyalik oʻsmir-qiz Greta Tunberg butun dunyo boʻylab oʻzining tantanali marshini davom ettirmoqda. Yosh faol muallifligida optimistik, kimdir uchun utopik boʻlgan "Har kim vaziyatni oʻzgartirishi mumkin", deb nomlangan ilk kitob dunyo yuzini koʻrgach, Buyuk Britaniyada Gretani yil muallifi deb eʼlon qilishdi. Bu ishni britaniyaning eng mashhur kitob doʻkonlari tarmogʻiga ega boʻlgan Waterstones amalga oshirdi.

Orol dengizi oʻrnidagi sahro - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash dasturi ishga tushdi

Yosh yozuvchi erishgan sensatsion gʻalabadan soʻng, Gretaning nutqlari va u yozgan matnlar kiritilgan ikkinchi jamlanmani chiqarish qarori qabul qilindi. Biroq jamlanmada faqatgina ekologiya haqida gapiriladimi, hozircha nomaʼlum. Shunday taassurot uygʻotmoqdaki, Greta Tunberg va uni media maydonida faol ravishda ilgari surayotganlar oʻz urinishlarini davom ettiradi. Hatto endilikda global siyosatgacha qoʻl choʻzib koʻrishlari mumkin. Axir Greta Time jurnali versiyasiga koʻra Yil odami boʻldi. Lekin bu ham xamir uchidan patir.

Shvetsiyalik atrof-muhit muhofazachisi nomzodi yakunlangan yilda tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga ilgari surilgan edi. U kamerunlik hamkasbi bilan birgalikda tinchlik boʻyicha Xalqaro bolalar mukofotini qoʻlga kiritdi. Bugungi kunda Gretani koinotning eng obroʻli oʻsmiri deb atab kelishmoqda. Oldinda nimalar kutmoqda?

Xayrli tomoni, qizaloq oʻzi aytayotgan gaplarga va qarashlariga monand imidjni saqlab kelmoqda: u samolyotlarda uchmaydi - chunki ular atrof-muhitga ziyon yetkazadi, goʻsht ham isteʼmol qilmaydi - chunki bu mahsulot hayvon ustidan amalga oshirilgan zoʻravonlik natijasidir. Va hatto yangi libos ham xarid qilmaydi, sababi u atmosferani zararli moddalar bilan zaharlantirayotgan korxonalarda ishlab chiqilgan.

Pojar v gorode Paradayz, shtat Kaliforniya, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Iqlim oʻzgarishi oqibatida 2050 yilga kelib insoniyat nobud boʻlishi mumkin

Greta haqida shunday gapirishadi: qizaloq iqlim oʻzgarishi haqida 8 yoshida xabar topgan va kattalar bu muammoni jiddiy qabul qilmayotgani faktidan larzaga tushgan. Yaqinda u 17ga toʻladi. U shu paytga qadar BMT sammitida katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan nutqni soʻzladi va oʻz vatanida koʻpsonli aktsiyalarga boshchilik qildi. Ammo jamlanmaga yozilgan annotatsiyada bu kitob - "ilhomlantiruvchi va uzoqni koʻra biladigan yetakchi ishi bilan tanishib, tarixning bir boʻlagiga ega boʻlish imkoniyatini berishi" yozilgan.

Va bu yosh yetakchi ortida albatta kimdir bor. Greta Tunberg qahr bilan (aytgancha, global ekologik harakat qahri haqida annotatsiyada ham yozilgan) u kattalar dunyosini bolalar kelajagini pul va daromad ilindija surbetlik, tamagirlik va xoinlik ila pullayotganda ayblamoqda. Albatta, masalaning bunday yondashuvi zamirida maʼno bor.

Agar jahon sanoat industriyasi uning barcha shakllari va koʻrinishida radikal texnik islohotlarni amalga oshirmas ekan, koinotni kelajagiga xavas qilib boʻlmaydi. Ammo real iqtisodda band boʻlib turgan yuz millionlab insonlarni ishsiz va pulsiz qoldirmasdan islohotlarni qanday amalga oshirish mumkin? Bu savolga yosh faol javob bermaydi.

Qolaversa, Greta Tunbergning oʻzi ham oʻzi nafratlanadigan kattalar olamida oʻyinchoq, sariq chaqaga aylanishi xavfi bor. Gretaning mashhurligidan daromad olishni, yoki qizaloqdan siyosiy yoki yirik iqtisodiy dividentlar olishni xohlovchilar topilishi aniq. Va soʻnggi savol: "bu adolatsiz dunyoga" nafrat va toqatsizlik yordamida saxiy ishlarni amalga oshirish, yaxshi tomonga oʻzgarishga erishib boʻladimi? Agar javob "ha" boʻlsa, unda "bu adolatsiz dunyoni" hech narsa bilan oʻzgartirishning imkoni qolmabdi.

Yangiliklar lentasi
0