TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti - Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev bugun, 2 yanvar kuni, oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Poytaxt yetakchisi bugun 45 yoshni qarshi oldi.
Shu bilan birga, tavallud ayyom - ish vazifalarini ortga surish uchun bahona boʻla olmaydi, hokimlik vakillari soʻzlariga koʻra, Jahongir Artikxodjayev kuni kecha ham xuddi bugun kabi ish faoliyatini amalga oshirgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda taniqli ishbilarmon boʻlgan Jahongir Artikxodjayev 2018 yilning aprel oyida poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan edi. Oʻsha vaqtdan eʼtiboran hokimlik faoliyati tubdan oʻzgardi. Oʻzbekistonda kechayotgan bugungi jadal islohotlar jarayonida Toshkentning yirik megapolisga aylanishida Jahongir Artikxodjayevning rahbarlik taʼsirini ijobiy taʼkidlash lozim.