Yangi yilning III choragidan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy oʻqitiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishObucheniye migrantov russkomu yazыku
Obucheniye migrantov russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qayd etilishicha, Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan 2020 yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida oʻqitiladi. Mazkur tajriba-sinov oʻquv yili yakuniga qadar oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. 2020 yilning yanvaridan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida oʻqitila boshlanadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan 2020 yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida oʻqitiladi. Mazkur tajriba-sinov oʻquv yili yakuniga qadar oʻtkaziladi.

Krolik - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Maktab, bogʻcha va harbiy qismlarda ovqatlanish ratsioniga quyon goʻshti qoʻshiladi

Shuningdek, oʻquv yilining uchinchi choragidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida variativ (oʻzgaruvchan) oʻquv rejalar ham tajriba-sinovdan oʻtkaziladi. Tanlov sinfida oʻqish uchun xorijiy til va filologiya yoʻnalishi, moliya – iqtisod, texnologiya, tabiiy fanlar hamda ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlari tavsiya etiladi. Variativ oʻquv rejalarining joriy etilishi natijasida 10- va 11-sinflarda oʻqiladigan majburiy fanlar soni 15 tadan 8 taga kamayadi.

Oʻquv rejasini tajriba-sinovdan oʻtkazish jarayonida ona tili va adabiyot, oʻzbek va rus tili, chet tili, tarix, matematika, informatika, maʼnaviyat asoslari (tarbiya) hamda jismoniy tarbiya fanlari majburiy oʻqitiladi.

Yangi tizim orqali oʻquvchilar maktabning oʻzida oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihoniga tayyorlanishadi.

Qolaversa, tizim ularning repetitorga boʻlgan ehtiyojini kamaytirib,  vaqti hamda ota-onalarning repetitorga sarflayotgan mablagʻi tejaladi. Kam taʼminlangan oila farzandlari uchun ham OTMga bepul tayyorgarlik koʻrish imkoni yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0