Bosh prokuratura akasi qiynoqlarga solgan o‘smir yuzasidan ma’lumot berdi

© Sputnik Sputnik / Tabildi Kadirbekovkulak, arxivnoe foto
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali voyaga yetmagan bolakayning noma’lum ayol bilan suhbati aks etgan videorolik tarqaldi. Unda bolaning akasi tomonidan kaltaklangani va uy yerto‘lasida saqlanib kelinayotgani aytilgan. Bu jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Bosh prokuratura internet tarmoqlarida tarqalgan o‘smirning Yunusobod tumanida akasi tomonidan qiynoqlarga solinib, kaltaklanib kelinganligi to‘g‘risidagi video yuzasidan bayonot berdi.

Bosh prokuratura ma’lumotida qayd etilishicha, hodisa qahramoni bo‘lgan bola Yunusobod tumanida istiqomat qiladi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida videotasvirdagi bolaning voyaga yetmagan 2006-yilda tug‘ilgan M.Alimjonov ekanligi aniqlangan. Bola 2020-yil 2-yanvar kuni soat 15:23 larda Yunusobod tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga RShTOIM qabul bo‘limiga keltirilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan. Unga yuz, tana sohasida  ko‘plab qontalashlar va lat yeyishlar tashxisi qo‘yilgan va muolajalar tavsiya etilgan.

Aka onasining undoviga ko‘ra, ukasining esini kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan

Tergovga qadar surishtiruvlarga ko‘ra, bola Yunusobod tumanidagi uylardan birida onasi va akasi bilan birga yashib keladi. Onasi M.Muxtorova bolaning tarbiyasi buzilib, ko‘p vaqtini ko‘chada o‘tkazayotganligi, xulq-atvoridagi o‘zgarishlar sabab o‘rtancha o‘g‘li S.Muxtorovdan u bilan gaplashib qo‘yishni so‘raydi. 

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
IIV ikki yigitni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, urgan mushtumzo‘rlarni aniqladi

O‘rtancha o‘g‘li esa ukasi bilan gaplashib qo‘yayotib, uni qo‘pol muomilada bo‘lganligi, gaplariga quloq solmaganligi bois qo‘li bilan yuz va tana qismidan  turtib siltalaydi. Natijada bolaning tanasi ko‘karib, tan jarohati oladi. Onasi bolani tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgach, uni o‘zi faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri binosi  xonasiga olib boradi...

Aktrisaning o‘yinidan o‘t chiqdi

M.Muxtorova tergov davomidagi ko‘rsatmasida, o‘rtancha farzandi S.Muxtorovning unga kam e’tibor berayotganligi uchun uni qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgani, buning uchun o‘g‘li M.Alimjonovdan foydalanganligi, uning tanasidagi ko‘kargan joylarni tonal bo‘yoqlar bilan bo‘yab, ko‘karishlarni bo‘rtirib ko‘rsatishga uringanini aytadi. So‘ng guyoki akasi uni muttasil ravishda  qiynab, urib kelayotganligi to‘g‘risida o‘g‘lining shikoyatini videotasvirga yozib oladi. Ammo aslida bunday holat bo‘lmagan. Ushbu vidoyetasvir ijtimoiy tarmoqlarga M.S.Muxtarova shu kuni telefon apparatini quvatlash uchun xonasida qoldirib ketgan vaqtida uning teatrdagi kasbdoshlari tomonidan beruxsat olinib, tarqatib yuborilganligi aniqlanadi. Hozirda kim tomonidan tarqatilganligi aniqlanmoqda.

Bola psixolog suhbatidan o‘tkazildi

Tekshiruvlar davomida voyaga yetmagan M.M.Alimjonov onasi va Yunusobod tumani IIO FMB XPB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori ishtirokida psixolog suhbatidan o‘tkazilgan. Bola tan jarohatini o‘zining aybi va ehtiyotsizligi oqibatida olganligi, akasiga nisbatan e’tirozi yo‘qligi, unga ruhiy va jismoniy tazyiqlar bo‘lmaganligini aytgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tomonlar ko‘rsatmalarini tekshirish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda.

Bir oz avval ijtimoiy tarmoqlar orqali voyaga yetmagan bolakayning noma’lum ayol bilan suhbati aks etgan videorolik tarqaldi. Unda bolaning akasi tomonidan kaltaklangani va uy yerto‘lasida saqlanib kelinayotgani ma’lum qilingan. Bu xabar jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘layotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0