Dunyoda

Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy oʻlimi uchun AQShdan qasos olishga vaʼda berdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishVerxovnыy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei
Verxovnыy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei - Sputnik Oʻzbekiston
Pentagon Iroq aeroportiga Donald Tramp farmoyishiga asosan aviazarba berilganini maʼlum qildi. Zarba oqibatida Islom inqilobi soqchilari korpusining “Quds” maxsus boʻlinmasi qoʻmondoni - general Qosim Sulaymoniy halok boʻldi.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy Islom inqilobi soqchilari korpusining (IISK) “Quds” maxsus boʻlinmasi qoʻmondoni - general Qosim Sulaymoniy oʻlimi uchun qasos olishga vaʼda berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Qoʻllarida uning (Sulaymoniyning – tahr.) va boshqa shahidlarning qoni qolganlarni qatʼiy qasos kutib turibdi”, - deyiladi general oʻlimi sababli uch kunlik motam eʼlon qilgan Xomanaiy bayonotida.

Bashnya Azadi, postroyennaya na odnoimennoy ploщadi v Tegerane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron TIV AQShning Iroqdagi zarbasini terrorizm deb atadi

Qosim Sulaymoniyning oʻlimi

“Quds” maxsus boʻlinmasi rahbari Qosim Sulaymoniy 2 yanvar kuni oʻldirildi. U bilan birga Iroqning “Al-Hashd ash-Shaʼbiy” shia guruhining bir necha yetakchilari halok boʻldi.

Pentagon Iroq aeroportiga Donald Tramp farmoyishiga asosan aviazarba berilganini maʼlum qildi. Vashington halok boʻlgan Sulaymoniyni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblaydi.

Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif IISK generali oʻlimini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala