TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Surxondaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan haydovchi ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 1 yanvar kuni soat 08:00 larda sodir boʻlgan.
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻli boʻylab harakatlanib kelayotgan nomaʼlum haydovchi oʻz avtomashinasida piyodani urib yuborgan.
Haydovchining yordam koʻrsatish oʻrniga voqea joyidan qochishi natijasida, Angor tumanida yashovchi 1989 yilda tugʻilgan fuqaro D.A. voqea joyida halok boʻlgan.
Koʻrilgan choralar natijasida ushbu yoʻl-transport hodisasini qiziriqlik 1980 yilda tugʻilgan haydovchi SH.B. oʻz boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni qoʻlga olingan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTH haydovchi yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida sodir boʻlgan.