Dunyoda

Rossiya Davlat dumasida Sulaymoniy oʻldirilishi yuzasidan munosabat bildirildi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Fotobankka oʻtishZdaniye Gosudarstvennoy Dumы RF
Zdaniye Gosudarstvennoy Dumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, Eronning “Quds” maxsus boʻlinmasi rahbari Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishi AQSH Yaqin Sharqda terrorizm bilan kurashmayotganidan dalolat beradi

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Eronning “Quds” maxsus boʻlinmasi rahbari Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishi AQSH Yaqin Sharqda terrorizm bilan kurashmayotganidan dalolat beradi. Bunga oʻxshash harakatlar mintaqadagi vaziyatni keskinlashtiradi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining Suriya parlamenti boʻyicha aloqa guruh koordinatori Dmitriy Sablin RIA Novostiga maʼlum qildi.

“General Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishi – bu AQShning Yaqin Sharqdagi maqsadi terrorizm bilan kurashish emasligini yana bir dalili. Sulaymoniy Iroq va Suriyadagi ISHID* va boshqa terroristik guruhlar ustidan gʻalab qozonishga katta hissa qoʻshgan. AQShni dunyo jandarmi roli allaqachon qoniqtirmay qoʻygan va oʻzini dunyo jallodi rolida sinab koʻrmoqda”, - dedi Sablin.

Verxovnыy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy oʻlimi uchun AQShdan qasos olishga vaʼda berdi

Rossiyalik siyosatchi bunga oʻxshash harakatlar qonunga xilof qotillik ekani va bu mintaqadagi, jumladan, Suriyadagi vaziyatni keskin yomonlashtirishini taʼkidlagan.

Iroqdagi Amerika zarbasi oqibatida Eronning “Quds” maxsus boʻlinmasi rahbari Qosim Sulaymoniy 2 yanvar kuni oʻldirildi. U bilan birga Iroqning “Al-Hashd ash-Shaʼbiy” shia guruhining bir necha yetakchilari halok boʻldi.

Pentagon Iroq aeroportiga Donald Tramp farmoyishiga asosan aviazarba berilganini maʼlum qildi. Vashington halok boʻlgan Sulaymoniyni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblaydi.

Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif IISK generali oʻlimini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi.

*”Islom davlati” (ISHID, ID) - Rossiya taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala