Toshkentda favqulodda holatlarda murojaat uchun yagona qisqa raqam yaratish taklif etildi

© Ramiz BaxtiyarovDispetcher za rabotoy
Dispetcher za rabotoy - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahri aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida “Aqlli shahar” (Umnыy gorod) kontseptsiyasiga qoʻshimcha tarzda turli favqulodda holatlarda qoʻngʻiroq qilinadigan telefon raqamlarini (101, 102, 103, 104) yagona raqamga birlashtirishni taklif qilindi.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida favqulodda holatlar uchun yagona qisqa raqamlarni joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqdagi petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida eʼlon qilindi.

Toshkent shahri aholisiga qulaylik yaratish maqsadida turli favqulodda vaziyatli holatlarda qoʻngʻiroq qilish uchun mavjud boʻlgan “101”, “102”, “103”, “104” raqamlarini yagona qisqa raqamga birlashtirish taklif qilinmoqda.

Fontan v Dubaye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda dunyoda eng chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani qurish taklif etildi

“Negaki, favqulodda vaziyatli (avariya, yongʻin, betoblik, is gazi chiqishi kabi) holatlarda odamning oʻzini yoʻqotib qoʻyishi natijasida raqamlarda adashish yoki tegishli raqamni yoddan chiqarib bir necha tashkilotlarga qoʻngʻiroq qilishi va vaqt yoʻqotishiga sabab boʻlmoqda”, deydi murojaat muallifi.  

Shuningdek, muallifga koʻra, yagona raqamga qoʻngʻiroqni amalga oshirish uch tilda soʻzlay oladigan operator xizmatidan foydalanishni taʼminlash zarur. Bunda operator fuqarodan avariya tafsilotlarini aniq oʻrganib, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qoʻngʻiroq qiluvchining joyini tez fursatda aniqlaydi.

Soʻng avariya sodir boʻlgan joyga qisqa yoʻnalishni tanlab, oʻt oʻchirish xizmatiga, yongʻinda jabrlanuvchilar boʻlsa, tez yordam xizmatiga qoʻngʻiroqni oʻzi amalga oshiradi. Ularga oʻrganilgan marshrut va qolgan maʼlumotlarni taqdim qiladi.  

Bundan tashqari operator ijrochini nazorat qilib, oʻtalgan xizmat hisobotini oladi va monitoring yuritadi.

Muallif aynan qanday yoddan chiqmaydigan yagona qisqa raqamni taklif qilishiga oydinlik kiritmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala