YHXBB bodikameralar bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

© IIBBInspektori DPS nachali ispitaniya bodikamer i jiletov
Inspektori DPS nachali ispitaniya bodikamer i jiletov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning 1-yanvar kunidan IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda o‘tashni boshladilar.

TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. YPX xodimlari mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘tashni boshladilar. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

2020 yilning 1-yanvar kunidan IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda o‘tashni boshladilar.

Xizmat davomidagi muloqot mobil kameraga yozib olinib, kelgusida haydovchi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganda asl holatni isbotlash uchun videoyozuvdan foydalaniladi. 

Sotrudnik DPS - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahridagi YPX xodimlariga berilgan bodikameralar soni ochiqlandi

Qolaversa, mobil kamerali tizim xodimlarning xizmatni xushmuomalalik asosida o‘tashiga, ziddiyatli yoki korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va shikoyatlar bildirilganida, ushbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritishga yordam beradi.

Shuningdek, ushbu yangi qurilma yuzasidan aholidan kelgan savollarga oydinlik kiritilgan.

Unga ko‘ra YPX xodimi haydovchiga, uning sodir etgan qoidabuzarligi videotasvirini ko‘rsatib berishga majbur emas, barcha xizmatga jalb etilayotgan xodim mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘taydi. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat o‘tashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, haydovchilar xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egadir.

Yangiliklar lentasi
0