Iqtisod

Yagona soliq toʻlovi oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq kiritildi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Qonunga muvofiq, 2007 yilda qabul qilingan Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar 2020 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga imzo chekdi. Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Mujchina rabotayet s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda soliq turlari qisqartirildi

Qonunga muvofiq, 2007 yilda qabul qilingan Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar 2020 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi.

2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

Qonunga koʻra, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi va qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga tegishlicha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kiritilmoqda.

Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan QQS summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasining oʻrnini qoplash 2020 yilning 1 iyulidan eʼtiboran amalga oshiriladi.

Soliq toʻlovchi 2020 yil 1 yanvarga qadar hosil boʻlgan zararni kelgusiga, ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga koʻchirishni amalga oshirishga haqli.

Bunda, har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan oʻtkazilayotgan zararning jami summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala