Jamiyat

Yuqori sinf oʻquvchilariga oʻzlarini oʻqituvchi sifatida sinab koʻrish imkoni beriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishObucheniye russkomu yazыku
Obucheniye russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston
Qayd etilishicha, 2020 yilning 1 fevral kuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Yosh oʻqituvchilar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda “Yosh oʻqituvchilar klubi” tashkil etilib, ushbu klub aʼzolari oʻzlarini oʻqituvchi sifatida sinab koʻrishlari mumkin boʻladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 1 fevral kuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Yosh oʻqituvchilar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. 

Mazkur klub oʻquvchilarning dars mashgʻulotidan keyingi boʻsh vaqtini unumli tashkil etish, pedagogika sohasiga qiziqqan oʻquvchi-yoshlarni maqsadli tarbiyalash, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

Obucheniye migrantov russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi yilning III choragidan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy oʻqitiladi

Klubga 8-11-sinfda tahsil olayotgan, kelajakda oʻqituvchilik kasbini egallamoqchi boʻlgan oʻzini yosh oʻqituvchi sifatida sinab koʻrish istagida boʻlgan oʻquvchilar aʼzo boʻlishi mumkin.

Bunda oʻzini yosh oʻqituvchi sifatida sinab koʻrayotgan klub aʼzosi oʻzi qiziqqan biron bir  fanni tanlaydi. Soʻng u umumiy oʻrta taʼlim maktabining aynan oʻsha fan oʻqituvchisiga “Ustoz-shogird” anʼanasiga muvofiq biriktiriladi.

Shogird oʻzi tanlagan fani boʻyicha biriktirilgan oʻqituvchi bilan shugʻullanadi va  haftada ikki kun maxsus jadval asosida, oʻzi tanlagan fan boʻyicha tengdoshlariga dars oʻtadi.

Yosh oʻqituvchi dars mashgʻulotlarini  umumiy oʻrta taʼlim maktabining ajratilgan sinfxonasida, umumiy dars mashgʻulotlaridan soʻng olib boradi. 

“Kelajakda oʻqituvchilik kasbini egallamoqchi boʻlgan oʻquvchilar “Yosh oʻqituvchilar klubi” - bu Sizning maqsadingiz sari yetaklovchi yangi imkondir”, - deyiladi vazirlik axborotida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala