Namanganda bemorning tajovuzkor tog‘asi shifokorni ko‘rish qobiliyatidan mahrum etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokor orqaga qaytayotgan paytda B. T. eshikni buzib ichkariga kiradi va navbatchi jarrohga qo‘qqisdan o‘ng ko‘zi sohasiga kuchli zarba bergan.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Namangan viloyatida bemor qarindoshining tajovuzi oqibatida shifokor ko‘rish qobiliyatini to‘liq yo‘qotdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi jarrohi O. Q.ga bemorning tog‘asi tajovuz qilib, tiklanib bo‘lmas jarohat yetkazgan.

Mujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Bemorning yaqinlari o‘lasi qilib kaltaklagan ikki shifokor og‘ir ahvolda shifoxonaga tushdi

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, 2020-yil 2-yanvar kuni Uchqo‘rg‘on tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi bolalar bo‘limiga ambulator murojaat qilgan bemorga zudlik bilan vaqtida yordam ko‘rsatilgan. Bemor bolani tog‘asi 30 yoshli B. T. muolaja xonasi oldida janjal ko‘tarib turgan paytda tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi bolalar bo‘limi navbatchi jarrohi O. Q. borgan. Shundan so‘ng shifokor B.T.ni tinchlantirishga harakat qilib, zina oldidagi eshikka olib borgan va tashqariga chiqarib, eshikni yopadi. Shifokor orqaga qaytayotgan paytda B. T. Eshikni buzib ichkariga kiradi va navbatchi jarrohga qo‘qqisdan o‘ng ko‘zi sohasiga kuchli zarba bergan. So‘ngra voqea joyidan g‘oyib bo‘ladi.

Shifokorga yopiq kalla bosh miya jarohati, o‘ng ko‘z olmasining travmatik katta yorilishi, ko‘z gavharini chiqishi dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

“Ayni paytda tajribali shifokorlar tomonidan bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Biroq jabrlanuvchi shifokorning ko‘zi qayta tiklanmaydigan darajada ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda O‘zbekistonda ayni damda shifokorlarni tahqirlash, ularga tajovuz qilish uchun qonuniy jazo chorasi kuchaytirish maqsadida qonun loyhasi ishlab chiqilgani qo‘shimcha qilingan. Vazirlik ushbu qonun loyihasini qabul qilinishi uchun qat’iy harakat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0