Marafon g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente
Polumarafon Patrioticheskaya aksiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha “Vatanparvarlik aksiyasi” kichik marafoni o‘tkazildi.

TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. Bugun, 5-yanvar kuni Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha “Vatanparvarlik aksiyasi” kichik marafoni o‘tkazildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente
Marafon g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Polumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente

Unda vazirlik harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda Mirzo Ulug‘bek tumani o‘quvchi yoshlari, shuningdek, faxriylardan iborat 2 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente
Marafon g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Polumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente

Kichik marafon davomida uch avlod, ya’ni faxriy harbiylar, ofitser bo‘lish orzusida harbiy ta’lim muassasalarida saboq olayotgan kursantlar yugurish finish chizig‘iga qadar yugurdilar.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente
Marafon g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Polumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente

Marafon so‘ngida turli yosh nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Xamdam Karshiyev diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi: 1-o‘rin – Toshkent harbiy okrugidan kichik serjant Vladislav Mamedov (15 daqiqayu 31 soniya); 2-o‘rin – Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Nuriddin Rahmatov (16 daqiqayu 28 soniya); 3-o‘rin – Toshkent harbiy okrugidan leytenant Temur Ummatov (17 daqiqayu 9 soniya).

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente
Marafon g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Polumarafon "Patrioticheskaya aksiya" v Tashkente

 

Yangiliklar lentasi
0