Dunyoda

Iroq AQSH harbiylarini mamlakatdan olib chiqish mexanizmini tayyorlashga kirishdi

© Sputnik / Denis Aslanov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye SSHA.
Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston
Iroq hukumati AQSH qoʻshinlarini olib chiqish mexanizmini tayyorlashni boshladi, deb maʼlum qildi mamlakat qurolli kuchlari bosh qoʻmondonining vakili Abdil Karim Half.

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik.  Iroq hukumati AQSH qoʻshinlarini olib chiqish mexanizmini tayyorlashni boshladi, deb maʼlum qildi mamlakat qurolli kuchlari bosh qoʻmondonining vakili Abdil Karim Half. RIA Novosti xabariga asosan.

Amerikanskiy morskoy pexotinets na territorii posolstva SSHA v Bagdade, Irak. 4 yanvarya 2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylarni olib chiqilishi uchun ovoz berdi

“Xalqaro koalitsiyaning Iroqdagi faoliyati faqat maslahatlashuvlar, qurollanish va harbiy mashqlar bilan cheklanadi, qurolli kuchlar esa Iroqdan chiqib ketadi. <…> Amerikaliklarning soʻnggi zarbasi – ahmoqgarchilik, unga nisbatan jim turish mumkin emas”, - dedi Half. Uning chiqishini "Al-Jazira" telekanali namoyish qildi.

U taʼkidlashicha, "Iroq hukumati xalqaro koalitsiya kuchlarining quruqlik va havo harakatini cheklab qoʻygan va ularning boshqa joyga koʻchishiga yoʻl qoʻymaydi”.

Halfa soʻzlariga koʻra, Vashington Iroq qurolli kuchlari bosh qoʻmondonligiga oʻz amaliyotlari haqida xabardor qilmagan.

AQSH 29 dekabr kuni Iroq va Suriyadagi shialarning “Kataib Hizbullah” guruhi obʼyektlariga zarba berdi.

Pentagon bayonotiga koʻra, bu zarba guruh tomonining Kerkuk yaqinidagi Iroq bazasiga hujumiga javob boʻlib, unda AQSH fuqarosi halok boʻlgan va toʻrt nafar amerikalik harbiy jarohat olgan.

Shundan soʻng shialar Bagʻdoddagi AQSH elchixonasini shturm qilishni boshladi.

AQSH eronlik general Qosim Sulaymoniyni oʻldirilishi bilan javob berdi, ular bu aktsiyalarni tashkilotchisi deb hisoblashdi.  

Protestuyuщiye s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3 yanvarya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Eronlik generalning oʻldirilishi AQShning zaifligini koʻrsatmoqda

Bagʻdod bu hujumni AQSH harbiy kuchlarining Iroqda joylashtirish shartlarining buzilishi deb baholadi.

Iroq parlamenti hukumatdan Amerika qoʻshinlarini olib chiqilishini talab qildi. Shundan soʻng, AQSH prezidenti Donald Tramp Iroq tomondan AQShga nisbatan dushmanlik harakatlari qilinsa, AQSH sanktsiyalar bilan tahdid qildi.

“Agar ular bizdan ketishni soʻrashsa va buni dushmanlarcha amalga oshirishsa, biz ularga qarshi umrlarida koʻrmagan sanktsiyalarni kiritamiz. Eronga qarshi kiritgan sanktsiyalarimiz ular oldida holva boʻlib qoladi”, deb taʼkidlab oʻtgan Tramp.

AQSH prezidenti Bagʻdod Vashingtonga Iroqda qurilgan aviabaza katta pulga qurilgani va buning evaziga haq toʻlanmaguncha AQSH qoʻshinlari Iroq hududini tark etmasligini qoʻshimcha qilgan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala