Jamiyat

MSK raisi saylov komissiyalari aʼzolariga ish haqi haligacha berilmagani haqida gapirdi

© Mejdunarodnыy press-klubV Uzbekistane proxodit vtoroy tur parlametskix vыborov
V Uzbekistane proxodit vtoroy tur parlametskix vыborov - Sputnik Oʻzbekiston
"Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obroʻsini tushirishga harakat, deb oʻylayman", - Abdusalomov.

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik.  Bugun, 6 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. 

Vыborы v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Takroriy ovoz berishda saylangan deputatlar roʻyxati eʼlon qilindi

Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov viloyat saylov komissiyalari aʼzolariga ish haqi va kompensatsiya toʻlovlari haligacha berilmagani haqida gapirdi. 

Uning soʻzlariga koʻra, saylov komissiyalari aʼzolariga oyliklar hali-ham toʻlanmagani toʻgʻrisida Markaziy saylov komissiyasiga maʼlumotlar kelib tushmoqda.

"Bu masalani hal qilgan edik. Saylovga 10 kun qolganida barcha hududlarga yetarli miqdorda mablagʻlarni ajratgan edik. Qanday qilib shu kungacha oyliklarini olmasliklari mumkin. Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obroʻsini tushirishga harakat, deb oʻylayman. Barcha viloyat mutasaddilari bu masalani oxiriga yetkazishi lozim" - dedi MSK raisi.

Abdusalomov viloyat saylov komissiyalari raislari bu masalani zudlik bilan hal qilishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader