Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimovga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMuftiyu Usmonxonu Alimovu vruchen orden “El-yurt xurmati”
Muftiyu Usmonxonu Alimovu vruchen orden “El-yurt xurmati”  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qilib, uning 70-yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qilib, uning 70-yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Usmonxon Alimovning milliy va diniy qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, buyuk allomalar, mutafakkirlarning boy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish hamda jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashga bag‘ishlangan faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMuftiyu Usmonxonu Alimovu vruchen orden “El-yurt xurmati”
Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimovga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi - Sputnik O‘zbekiston
Muftiyu Usmonxonu Alimovu vruchen orden “El-yurt xurmati”

“Biz muftiy hazratlarini Islom ma’rifatining tolmas targ‘ibotchisi sifatida bilamiz va qadrlaymiz. “Tafsiri Irfon”, “Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni”, “Oilada farzand tarbiyasi” kabi asarlaringiz xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan”, - dedi davlat rahbari.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxonga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMuftiyu Usmonxonu Alimovu vruchen orden “El-yurt xurmati”
Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimovga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi - Sputnik O‘zbekiston
Muftiyu Usmonxonu Alimovu vruchen orden “El-yurt xurmati”

Muftiy Usmonxon Alimov prezident Shavkat Mirziyoyevga yuksak mukofot uchun tashakkur bildirib, so‘nggi yillarda jamiyat hayotining barcha jabhalari qatori diniy-ma’rifiy sohada ham ulkan islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Muqaddas Islom dinini o‘rganish, ajdodlar merosini qayta tiklash va ularni kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda mamlakatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini ta’minlash, yosh avlodni insonparvarlik, bag‘rikenglik, tinchlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot ishlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va diniy soha vakillari faol ishtirok etishni o‘z burchi deb bilishi ma’lum qilindi.

"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan buyuk ajdodlarga munosib vorislarni tayyorlash, yurtimizda diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, Islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran o‘rganish hamda targ‘ib etishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani xalqimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘layotgani alohida ta’kidlandi", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0