Dunyoda

Eron raketa zarbasi oqibatida 80 kishi qurbon boʻldi - OAV

© AP Photo / Fars News Agency, Hamed JafarnejadZapusk ballisticheskoy raketы v Irane
Zapusk ballisticheskoy raketы v Irane - Sputnik Oʻzbekiston
Eron raketa zarbasi oqibatida necha kishi qurbon boʻldi - Eron va AQSH OAVlari har xil xabarlar tarqatmoqda.

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Eronning Iroq hududidagi AQSH harbiy bazalariga uyushtirgan zarbasi oqibatida 80 kishi qurbon boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Eronning Press TV xabariga asosan.

V Irane prazdnuyut godovщinu islamskoy revolyutsii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron general Sulaymon oʻlimi uchun AQShga javob qaytardi

Eslatib oʻtamiz,  AQSH prezidenti Donald Tramp buyrugʻiga asosan berilgan raketa zarbas oqibatida Bogʻdodda Eronning “Al-Quds” maxsus kuchlari  qoʻmondoni Qosim Sulaymoni va yana bir necha kishi qurbon boʻlgan edi.

Kecha, 7 yanvar kuni Eronning turli shaharlarida general Sulaymoniy dafn marosimi munosabati bilan 3 millionga yaqin kishi koʻchalarga chiqqan edi. Eron hukumati general oʻlimi uchun AQShdan qasos olishini va buning uchun ular 13ta “mudhish” stsenariylar tayyorlab qoʻyganini xabar qilgan edi.

7 yanvardan 8 yanvarga oʻtar kechasi Eron Iroqning Eyn-al-Asad va Erbilda joylashgan AQSH harbiy bazalariga raketalar yordamida zarba berdi.

Zarbadan soʻng AQSH prezidenti Donald Tramp “Hammasi joyida” deb, Fox News telekanali “amerikaliklar orasida qurbonlar yoʻq” deb xabar tarqatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala