Prezident qurilish sohasini rivojlantrish uchun nima qilish kerakligini aytdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe problemam stroitelstva
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe problemam stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.

TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni qurilish sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi. Yig‘ilishda qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklar keskin tanqid qilindi. 

Xususan, O‘zbekistondagi mavjud qurilish tashkilotlarida ishchilar soni va kasb malakasi to‘g‘risida ma’lumot yuritilmasligi, hududlardagi barcha qurilishlar yagona buyurtmachi xizmati tashkilotlariga topshirib qo‘yilgani hamda  qurilish xavfsizligi, sifati va natijasi nazorat qilish o‘rniga faqat jarayonni nazorat qilinayotgani aytib o‘tildi.

Ushbu muammolarni hal qilish, sohani zamonaviy asosda rivojlantirish maqsadida Shavkat Mirziyoyev bir qator chora tadbirlarni belgilab berdi:

  • loyiha institutlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy tajriba asosida tenderlar o‘tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish, bu borada elektron tizimni eksperiment tariqasida Toshkent shahrida joriy etish; 
  • Qurilish, Moliya, Adliya vazirliklari va boshqa mutasaddi tashkilotlarga joriy yil 1-iyulgacha qurilish korxonalari faoliyatini baholash reytingini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Ushbu reytingda ishchilar soni va malakasi, bajarilgan ishlar hajmi, soliq va kreditlarning o‘z vaqtida to‘lanishi kabi mezonlar o‘z aksini topadi; 
  • qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tizimni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuklatildi; 
  • qurilish sohasida davlat nazoratini butunlay yangicha asosda tashkil etish, mehnat muhofazasini kuchaytirish;
  • Mehnat vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qurilish sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari va ishchi kasblar klassifikatorini joriy qilish hamda unga muvofiq kollejlarda quruvchilar tayyorlash vazifasi qo‘yildi; 
  • Qurilish sahasiga oid ta’lim dasturlarini yuqori texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida yangidan ishlab chiqish, bo‘lajak kadrlarni zamonaviy loyihalash va dasturiy ta’minot, xususan, BIM (Building Information Modeling) texnologiyalari bilan ishlashga o‘rgatish kerakligi ta’kidlandi; 

Ma’lum bo‘lishicha bugungi kunda O‘zbekistonda 22 mingga yaqin qurilish-pudrat tashkilotlari bor. Respublikada bunyodkorlik ishlari ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma obyektlari qurilmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0