Dunyoda

Putin va Erdoʻgʻon “Turk oqimi”ni ishga tushirishdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Turetskuyu Respubliku
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Turetskuyu Respubliku - Sputnik Oʻzbekiston
"Turk oqimi" Gaz oʻtkazgichning umumiy quvvati 31,5 milliard metr kub boʻlib u 2ta quvurdan iborat. Turkiya gazining bir qismini Yevropaga sotib qoʻshimcha daromad olishi mumkin.

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyyib Erdoʻgʻon “Turk oqimi” gaz quvurini rasman ishga tushirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bu bu yerda boʻlgan har bir kishi nafaqat Rossiya va Turkiya uchun balkim butun Yevropa kontinenti uchun muhim boʻlgan voqeaning guvohi boʻlmoqda”, - dedi Rossiya prezidenti.

Yangi gaz oʻtkazgich umumiy quvvati 31,5 milliard metr kub boʻlib, u Qora dengiz tubidan oʻtkazilgan 2 ta  quvurdan iborat boʻladi. Quvurlarning biri Turkiya uchun moʻljallangan ikkinchisi esa Janubiy Yevropa mamlakatlari uchun.

Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan vo vremya vstrechi v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Erdoʻgʻon qanday mavzularni muhokama qilishi maʼlum boʻldi

Dastlab ushbu gaz oʻtkazgichning nomi “Janubiy oqim” boʻlib u Rossiya va Bolgariya orasida qurilishi rejalashtirilgan edi. Lekin keyinchalik Bolgariya Yevroparlament bosimi ostida turli vajlar bilay loyihani toʻxtatib qoʻydi.

Anapadan Lyuleburgazgacha boʻlgan gaz quvurining umumiy uzunligi 1100 kilometr. Yangi gaz oʻtkazgich ishga tushishi bilan Turkiya Rossiya gaz importerlari orasida ikkinchi oʻringa chiqib oldi. Ushbu mamlakat Rossiyadan yiliga 24 milliard metr kub gaz sotib olmoqda. Birinchi oʻrinda Germaniya – 25,8 mlrd. kub. Yangi gaz quvuridan kelgan gazning bir qismini Anqara Yevropaga reeksport qilib qoʻshimcha daromad olishni rejalashtirmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala