Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Eron va Ukraina prezidentlariga hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Eronda Ukraina yoʻlovchi samolyot halokatga uchragani munosabati bilan ushbu ikki davlat rahbarlariga hamdardlik bildirdi.

TOSHKENT, 8 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev  Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yoʻlovchi samolyoti qulashi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yoʻlladi.

Oʻz telegrammasida Oʻzbekiston prezidenti marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etgan.

Bugun tongda Tehron yaqinida Ukraina xalqaro aviakompaniyasining yoʻlovchi samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyot bortida boʻlgan 179 nafar yoʻlovchi va ekipaj aʼzolarining barchasi qurbon boʻlgan. Dastlabki xabarlarga koʻra, samolyot dvigatelining yonib ketishi aviahalokatga sabab boʻlgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala