TOSHKENT, 8 yanv - Sputnik. Tehronning Imom Xomeyni xalqaro aeroportida Ukraina yoʻlovchi samolyoti quladi, deya xabar berdi RIA Novosti Eron aviatsiya vazirligi vakili Jaʼfar Zodega asosan.
Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, Kiyevga yoʻllanayotgan samolyot bortida 167 yoʻlovchi boʻlgan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari yuborilgan. Jaʼfar Zode oʻz Tvitterida Qizil yarim oy jamiyati Tehron aeroportida qulagan Ukraina samolyoti qulagan joydan olingan fotosuratlarni joylashtirdi. Ularda samolyot qoldiqlari, kuygan qismlar va avariya joyida ishlayotgan odamlar koʻrinmoqda.
Eron Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi direktori RIA Novostiga aytishicha,biron bir odam tirik qolish ehtimoli deyarli yoʻq. Uning soʻzlariga koʻra, vayronalar yonishda davom etmoqda, qutqaruvchilar ularni oʻchirishga harakat qilmoqda.
رئیس سازمان امداد و نجات جمعیت هلال احمر درباره #سقوط_هواپیمای_اوکراینی: بعید میدانم کسی در این حادثه زنده مانده باشد. خوشبختانه به منازل مسکونی خسارتی وارد نشده است. pic.twitter.com/FSdTXNsfZB
— هلال احمر ایران (@Iranian_RCS) January 8, 2020
Reyter agentligi Eron televideniyesiga asoslanib, samolyot bortida boʻlganlarning barchasi halok boʻlganini xabar qilmoqda.
Rossiyaning Tehrondagi elchixonasi qulagan laynerda Rossiya fuqarolari boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqida maʼlumotlarni aniqlamoqda.
Avvalroq Eronning Tasnim agentligi bortida 180 nafar yoʻlovchisi boʻlgan Ukraina samolyoti Imom Xomeyni xalqaro aeroportida "texnik muammolar" tufayli halokatga uchragani haqida xabar bergan edi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, maʼlumotni aeroport rahbari tasdiqladi - u samolyot parvozdan koʻp oʻtmay qulab tushganini aytdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yonib turgan, ortidan tutun qoldirib qulayotgan nuqta tasvirlari joylashtirildi. Guvohlar yozishicha, bu aynan Ukraina layneri.
Flight Radar portalining xabar berishicha, PS752 reysi Tehrondan Moskva vaqti bilan tong soat 5:42 da havoga koʻtarilib ikki daqiqadan soʻng (5:44 da) maʼlumot uzatishni toʻxtatgan. Shundan koʻp oʻtmay u qulab tushgan.
Kiyev aeroportida Ukraina bortining Tehron yaqinida halokatga uchragani haqida hozircha maʼlumot yoʻq.
"Ha, bizda Tehrondan soat 8.00 (Moskva vaqti bilan 9.00) da bort kutilyapti. Hozircha hech qanday muammo yoʻq", - deya RIA Novostiga aeroport maʼlumotnomasida maʼlum qilishdi.
We are following reports that a Ukrainian 737-800 has crashed shortly after takeoff from Tehran. #PS752 departed Tehran at 02:42UTC. Last ADS-B data received at 02:44UTC. https://t.co/qXWHUPGDTu pic.twitter.com/vuAi6TOqTp
— Flightradar24 (@flightradar24) January 8, 2020